https://oz.sputniknews.uz/20240103/ozbekiston-qurol-yarog-ishlab-chiqarish-mahallliylashtirish-41909070.html
O‘zbekistonda ayrim turdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarish mahalliylashtirilmoqda
O‘zbekistonda ayrim turdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarish mahalliylashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev raisligida mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2024-01-03T09:03+0500
2024-01-03T09:03+0500
2024-01-03T09:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
mudofaa vazirligi
qurol
harbiy
harbiy texnika
shavkat mirziyoyev
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27375868_0:16:768:448_1920x0_80_0_0_0216d5c43585a8d5f5a8e6ac7e85f496.jpg
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim turdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni mahallliylashtirish boshlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev raisligida mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, o‘tgan davrda bo‘linmalarning texnik va zaxira ta’minoti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi, autsorsing xizmatlari va harbiy klasterlar tizimi joriy qilindi.Ta’kidlanishicha, mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlashga oid 24 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi. “Jasorat maktablari”dagi o‘quv yig‘inlariga 5 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.Harbiy shaharchalarda “temir daftar”ga kirgan oilalarning farzandlari uchun fan, sport va san’at turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar tashkil etish, ularni brigada komandirlari va harbiy okrug qo‘mondonlariga biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.Jami 580 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbirlari o‘tkazildi, ularda Qurolli Kuchlarning 35 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi.Harbiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatida harbiy kadrlarni ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.Bundan tashqari, qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, aloqa tizimlari takomillashtirilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27375868_75:0:694:464_1920x0_80_0_0_a0826d29fcd00241ea0cc0dc9fb09260.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev mudofaa qurilishi o‘zbekiston qurolli kuchlari
shavkat mirziyoyev mudofaa qurilishi o‘zbekiston qurolli kuchlari
O‘zbekistonda ayrim turdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarish mahalliylashtirilmoqda
09:03 03.01.2024 (yangilandi: 09:15 03.01.2024) Shavkat Mirziyoyev raisligida mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim turdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni mahallliylashtirish boshlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev raisligida mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davrda bo‘linmalarning texnik va zaxira ta’minoti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi, autsorsing xizmatlari va harbiy klasterlar tizimi joriy qilindi.
“Mudofaa sanoati majmuasi korxonalari faol rivojlantirilmoqda, ayrim turdagi qurol-yarog‘ va texnika turlarini ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishni mahalliylashtirish boshlandi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlashga oid 24 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi. “Jasorat maktablari”dagi o‘quv yig‘inlariga 5 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.
Harbiy shaharchalarda “temir daftar”ga kirgan oilalarning farzandlari uchun fan, sport va san’at turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar tashkil etish, ularni brigada komandirlari va harbiy okrug qo‘mondonlariga biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Jami 580 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbirlari o‘tkazildi, ularda Qurolli Kuchlarning 35 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi.
“Amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik samaradorligi, harbiy xizmatchilarning professionalligi, jangovar ruhi va psixologik shayligi sezilarli darajada oshdi”, — deya qayd etildi xabarda.
Harbiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatida harbiy kadrlarni ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.
Bundan tashqari, qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, aloqa tizimlari takomillashtirilmoqda.