Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda raislik qilish Rossiyadan Armanistonga o‘tdi

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2024
Obuna bo‘lish
Raislik doirasida Ittifoq tuzilganining 10-yilligi munosabati bilan Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) raislik 2024-yil 1-yanvardan Rossiyadan Armanistonga o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida xabar qilindi.
“Armaniston Respublikasi 2024-yil 1-yanvardan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlaridagi raislikni qabul qildi va 2024-yil davomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashida raislik qiladi”, - deyilgan xabarda.
Raislik doirasida Ittifoq tuzilganining 10-yilligi munosabati bilan Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi, III Yevroosiyo iqtisodiy forumi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashiyig‘ilishi hamda qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Yerevanga raislik qilish doirasida kerakli barcha yordamni ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2023
O‘zbekiston va YeOII
Sankt-Peterburgdagi YeOII sammiti: kelishuv va imzolangan hujjatlar
Yangiliklar lentasi
0