Toshkentlik tashabbuskorlar millionlab yo‘lovchilarga qanday bepul yordam berishmoqda - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Jamoat transportini monitoring qiluvchi “3TM” ilovasi 2016-yilda ishga tushirilgan.
“3TM” mobil dasturini toshkentlik tashabbuskorlar jamoasi ishlab chiqqan. Ilova 8-yildan beri ishlayapti va uni yuklab olish mutlaqo bepul.
Loyiha hammuallifi Sergey Kivenko Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ilova biror sababga ko‘ra ishlamay qolganida, odamlardan juda ko‘plab xabarlar kela boshlashini ma’lum qildi.
“Ba’zida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri: “Nimaga pul olyapsizlar o‘zi?” deb ham yozishadi. Shunda biz hech narsa uchun pul olmayotganimizni aytsak, bunga ishonishmaydi. Chunki bunday ko‘lamli va shuncha foydalanuvchilar soniga ega bo‘lgan loyiha bepul bo‘lmaydi-da. Kimdir unga homiylik qiladi va biz katta daromad olamiz, deb hisoblashadi. Dastur xizmati har bir foydalanuvchi uchun, “Toshshahartransxizmat” uchun ham bepul, biz ulardan bir tiyin ham olmaganmiz. Ammo, afsuski, buni foydalanuvchilar tushunmaydi”, - deydi Kivenko.
Millionlab kishilarga qulaylik yaratayotgan bu ilovaning yaratish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan? U kelajakda qanday takomillashtiriladi?
Shu va boshqa savollar javobi Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0