MDHda raislik qilish Rossiyaga o‘tdi

© Sputnik/Zafar XalilovFlagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda
Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2024
Obuna bo‘lish
MDHning an’anaviy sammitini 8-oktabr kuni Moskvada o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2024-yil 1-yanvardan Rossiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida (MDH) raislik qilish Rossiyaga o‘tdi. 2023-yilda tashkilotga Qirg‘iziston raislik qilgan edi.
Moskva raislik davomida tashkilot nufuzi va uning mintaviy birlashlamalar bilan aloqalarini mustahkamlash hamda tashqi chaqiriqlarga birgalikda kurashni asosiy vazifalardan biri sifatida ma’lum qilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin raislik davomida mamlakat iqtisodiyot sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarga faol o‘tkazish borasidagi ishlarni davom ettirish niyatida ekanini aytgan edi. Bu davlatlarning iqtisodiy va moliyaviy suverenitetini ishonchliroq ta’minlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, Rossiya rahbari terrorizm va ekstremizm, transchegaraviy jinoyat va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurash muhimligini qayd etgan. Rossiya raisligi chog‘ida madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ta’lim va sport sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.
MDHning an’anaviy sammitini 8-oktabr kuni Moskvada o‘tkazish rejalashtirilgan. Sammitdan tashqari 150 ta turli tadbir o‘tkaziladi.
Yangi yilda MDHda nafaqat raislik qiluvchi mamlakat o‘zgaradi. 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti Samarqand, Toshkent esa yoshlar poytaxti deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston hukumati bu yil Samarqandda 21 ta tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan. Xususan, mart oyida shahar MDH mamlakatlarining Teatr festivaliga mezbonlik qiladi.
Bundan tashqari, MDHda 2024-yil Volontorlar harakati yili deb e’lon qilingan.
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Mirziyoyev Bishkekdagi MDH sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi
Yangiliklar lentasi
0