Kim Chen In mojaro yuzaga kelgan taqdirda AQSh va Janubiy Koreyani yo‘q qilishni buyurdi – OAV

© Foto : KCNA Seremoniya spuska novoy podvodnoy lodki KNDR s takticheskimi yadernimi nastupatelnimi voorujeniyami
Seremoniya spuska novoy podvodnoy lodki KNDR s takticheskimi yadernimi nastupatelnimi voorujeniyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2024
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya yetakchisi mamlakat armiyasini dushmanni har qanday provokatsiyasiga tayyor turishni buyurdi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In armiya qo‘mondonligi bilan yangi yil uchrashuvida agar AQSh va Janubiy Koreya ziddiyat yo‘lini tanlasa va mojaro keltirib chiqarda, ularni “qaqshatqich zarba” bilan yo‘q qilishga tayyor turishni buyurdi. Bu haqda “Koreya ovozi” radiosi ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
“O‘rtoq Kim Chen In ta’kidladiki, inqilobimiz doimiy ravishda olg‘a siljishi sari AQSh va janubiy koreyaliklarning unga to‘sqinlik qilishi kuchayib boradi. U ta’kidladiki, bizning armiya asosiy dushmanni aniq bilishi va unga qarshi turishda qat’iy ruhiy holatga ega bo‘lishi kerak va dushman tomondan har qanday provokatsiya turini rahm-shavqat qilmay tor-mor etishi shart. Agar ular KXDR bilan qarama-qarshilik yo‘lini tanlasa va mojaro keltirib chiqarsa, unda armiya dushmanga qaqshatqich zarba berish va to‘liq yakson qilish uchun hech bir ikkilanishsiz barcha kuch va vositalarni safarbar etishi shart”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, u mamlakat xavfsizligi va undagi tinchlikni himoya qilish uchun “qilichni qayrab qo‘yishni” bundan keyin ham davom ettirish kerakligini qayd etgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi 2024-yil “urushga tayyorgarlik ko‘rish mustahkamlanishi gullab-yashnashi” davri bo‘lishiga, KXDR esa qudratli armiya barpo etishda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirgan.
Lider KNDR Kim Chen In, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2023
Kim Chen In kutilmagan bayonot berdi
Yangiliklar lentasi
0