https://oz.sputniknews.uz/20231231/yangi-yil-dasturxoni-taomlar-istemol-qilish-shartlar-41888817.html
Yangi yil dasturxonida taomlarni iste’mol qilish shartlari ma’lum qilindi
Yangi yil dasturxonida taomlarni iste’mol qilish shartlari ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishda yoshga e’tiborli bo‘lish shart. 31.12.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-12-31T13:30+0500
2023-12-31T13:30+0500
2023-12-31T13:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi yil
oziq-ovqat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15758277_0:77:3502:2047_1920x0_80_0_0_818996daccaaeb660a496e6c09f91d2b.jpg
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Bayram kunlari xar bir oziq-ovqat maxsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishda yoshga e’tiborli bo‘lish shart. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdurahmon Ismoilov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, bayram dasturxoni uchun qo‘yiladigan yeguliklar, xar-xil turdagi issiq va sovuq gazaklar, shirinliklar, taomlar va ichimliklar xaddan tashqari ortig‘i bilan tayyorlanib, bir vaqtning o‘zida ularning bir-biriga mos emasligiga e’tibor bermasdan iste’mol qilinishi mumkin.Bu esa oshqozon ichak faoliyatining buzilishi, vaqtida xazm bo‘lmasligi oqibatida u yoki bu ko‘rinishdagi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa ushbu dasturxon atrofida yig‘ilganlar orasida yosh bolalar va yoshi katta insonlarning sog‘ligiga xavf solishi extimoldan xoli emas.Birgina bayram munosabati bilan meyoridan ortiq, moneligi bo‘yicha bir-biriga mos bo‘lmagan taomlarni bir vaqtning o‘zida iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.Keyingi vaqtlarda uy sharoitida tayyorlangan va germatik idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turlaridan bo‘lgan “BOTULIZM” kasalligi qayd etilmoqda.Shu kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida konserva maxsulotlarini uyda tayyorlamaslik tavsiya etiladi. Quyosh nurini o‘ziga singdirgan, inson organizmi uchun eng zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni o‘zida mujassam etgan maxsulotlarni tanlab, iste’mol qilish juda muximdir.Xabarda Yangi yilni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish uchun shu kabi tavsiyalarga amal qilish lozimligi aytilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15758277_750:0:3479:2047_1920x0_80_0_0_207b026ea46f9ca75e98599452892ac4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi yil, oziq-ovqat
jamiyat, o‘zbekiston, yangi yil, oziq-ovqat
Yangi yil dasturxonida taomlarni iste’mol qilish shartlari ma’lum qilindi
Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishda yoshga e’tiborli bo‘lish shart.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Bayram kunlari xar bir oziq-ovqat maxsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishda yoshga e’tiborli bo‘lish shart. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdurahmon Ismoilov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bayram dasturxoni uchun qo‘yiladigan yeguliklar, xar-xil turdagi issiq va sovuq gazaklar, shirinliklar, taomlar va ichimliklar xaddan tashqari ortig‘i bilan tayyorlanib, bir vaqtning o‘zida ularning bir-biriga mos emasligiga e’tibor bermasdan iste’mol qilinishi mumkin.
Bu esa oshqozon ichak faoliyatining buzilishi, vaqtida xazm bo‘lmasligi oqibatida u yoki bu ko‘rinishdagi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa ushbu dasturxon atrofida yig‘ilganlar orasida yosh bolalar va yoshi katta insonlarning sog‘ligiga xavf solishi extimoldan xoli emas.
“Siz bilan biz shu narsani doimo yodda tutishimiz kerakki xar bir oziq-ovqat maxsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishimizda xar birimizning yoshimizga e’tiborli bo‘lishimiz shart”, — deydi Abdurahmon Ismoilov.
Birgina bayram munosabati bilan meyoridan ortiq, moneligi bo‘yicha bir-biriga mos bo‘lmagan taomlarni bir vaqtning o‘zida iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Keyingi vaqtlarda uy sharoitida tayyorlangan va germatik idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turlaridan bo‘lgan “BOTULIZM” kasalligi qayd etilmoqda.
Shu kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida konserva maxsulotlarini uyda tayyorlamaslik tavsiya etiladi. Quyosh nurini o‘ziga singdirgan, inson organizmi uchun eng zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni o‘zida mujassam etgan maxsulotlarni tanlab, iste’mol qilish juda muximdir.
Xabarda Yangi yilni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish uchun shu kabi tavsiyalarga amal qilish lozimligi aytilgan.