“Yangi yilingiz bilan, faxriy!”: G‘alaba ko‘ngillilari xayriya aksiyasi o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ko‘ngillilar Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini ziyorat qildi.
“G‘alaba ko‘ngillilari” Butunrossiya jamoat harakatining vakillari O‘zbekistonda bir necha yildan buyon “Yangi yilingiz bilan, faxriy!” aksiyasini o‘tkazib kelmoqda.
Bu yil xayrixoh ko‘ngillilar ro‘yxatida 30 dan ortiq kishi bor - Ulug‘ Vatan urushi faxriylari, Leningrad qamalidan omon qolganlar, konslager asirlari, shuningdek, front mehnatkashlari.
“Bizning shiorimiz “Faqat 9-may kuni emas”. Biz faxriylarni yil davomida tabriklaymiz. Muhimi sovg‘a emas, balki e’tibor”, – deydi “G‘alaba ko‘ngillilari”ning O‘zbekistondagi xalqaro vakili Sergey Yejkov.
Bu yil aksiyaga O‘zbekistonning barcha hududlaridan odamlar qo‘shildi. 5-dekabr kuni e’lon qilingan oziq-ovqat to‘plamlari uchun mablag‘ yig‘ish ikki hafta o‘tib yopildi. Albatta, bu Yangi yil dasturxoniga yaxshi yordam, lekin Vatan uchun kurashib, shu kungacha yashab kelayotganlar uchun e’tibor va g‘amxo‘rlik bundan ham muhimroqdir.
“Faxriylar kundan kunga kamayib bormoqda. Ushbu oziq-ovqat to‘plami ular uchun muhim emas, ular uchun e’tibor muhim, ular muloqotga muhtoj, biz tashrif buyurganimizda juda xursand bo‘lishadi”, - deya qo‘shimcha qiladi Sergey Yejkov.
Ko‘ngillilar tashrif buyurgan faxriylar orasida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Yevdokiya Nesterova ham bor. U 101 yoshda!
Bunday tashriflarning birortasi ham o‘tmish xotiralarisiz o‘tmaydi, faxriylar yurakdan qadrli qo‘shiqlarni ijro etadilar.
G‘alaba ko‘ngillilari faxriylarni qanday ziyorat qilgani haqida bizning videoda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0