Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

© Posolstvo RF v UzbekistanePosol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2023
Obuna bo‘lish
Elchi O‘zbekiston rahbariga o‘tgan yildagi samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, uning kelgusi yilda ham samarali davom etishiga umid bildirgan.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov prezident Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi, deb xabar qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, sizni Yangi yil bayrami bilan tabriklayman! Tugab borayotgan 2023-yil O‘zbekiston uchun keng ko‘lamli voqealarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabangiz – Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalq tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganini namoyish etdi”, - deyiladi tabrikda.
Unga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi konstruktiv va teng huquqli muloqot ruhida qurilgan munosabatlarning jadal rivojlanishi tufayli 2023-yil Rossiyada ro‘y bergan muhim voqealar bilan ajralib turdi.
“Rossiya Federatsiyasiga tashrifingiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda muloqot va tajriba almashishni mustahkamlashga xizmat qildi. Ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadigan qator muhim shartnomalar imzolandi, tadbirlar rejalashtirildi. Ishonchim komilki, 2024-yilda biz intensiv va ishonchli siyosiy muloqotni davom ettiramiz va birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyani faol rivojlantiramiz”, — deyiladi xabarda.
“Qardosh xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik, mustahkam ma’naviy-madaniy rishtalar bog‘lab turadi. Kelgusi yilda madaniyat, fan, ta’lim va muzey ishi yo‘nalishlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma muhim tadbirlar umumiy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qilishiga chin dildan umid qilaman”, - deya ta’kidladi Oleg Malginov o‘z tabrigida.
Elchi O‘zbekiston rahbariga o‘tgan yildagi samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, uning kelgusi yilda ham samarali davom etishiga umid bildirgan.
“Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich va yaqinlaringizga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ezgu orzularingiz ro‘yobini va farovonlik tilayman! Yangi yil Mustaqil O‘zbekistonga qut-baraka, tinchlik va farovonlik olib kelsin!”, - deyiladi tabrikda.
Yangiliklar lentasi
0