O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2023
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq:
tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A’loyev Baxromjon Jo‘raboyevich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;
Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Muzaffarbek Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, Rahmatulla Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0