Har qanday yoshdagi farzandga kontrakt uchun to‘langan pullar daromad solig‘idan ozod qilinadi

© Depositphotos / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2023
Obuna bo‘lish
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, to‘lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lmagan bojxona yig‘imlarini bojxona hududida to‘lash belgilandi.
Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3-yil but saqlashga oid o‘zgartirish kiritildi (ilgari 5-yil edi).
Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):
soliq to‘lovchi hududiga kirish;
soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;
soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.
Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3-yil ichida javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi kerak, 3-yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5-yil edi).
Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
Quyidagilarga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari 2028-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi:
O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
O‘zbekistonning norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;
O‘zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.
Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0