“Yoshlar turizmi haftaligi”da O‘zbekiston bo‘ylab qayerlarga borish mumkin?

© GABT im. A.NavoiGosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi.
Gosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2024-yil 1-10 yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlar respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlari tavsiya etilmoqda.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi.
Haftalikning teatr tomoshalari uchun afisha:
“12 oy” (rus tilida) – Alisher Navoiy nomidagi DAKT, 3-10 yanvar;
“Yalmog‘izning rejasi” – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston musiqali teatri, 2-9 yanvar;
“Qorqiz bilan selfi” (rus tilida) – O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri, 2-7 yanvar;
“Qora marvarid kapitani” – O‘zbekiston davlat drama teatri, 2-10 yanvar;
“Qor malikasi” (rus tilida) – O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2-8 yanvar;
“Qarsildoq siri” (“Sekret shelkunchika”) (rus tilida) – Rus drama teatri (Farg‘ona viloyati), 2-10 yanvar;
“Eto nash Ded Moroz” (rus tilida) – Rus drama teatri (Samarqand viloyati), 2-8 yanvar.
“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Uzbekistan Airways barcha ichki yo‘nalishlarga ekonom-klass chiptalariga 20 foizlik chegirma taqdim etadi. Bundan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari va oliy o‘quv yurtlari talabalari ichki reyslarda “T” va undan yuqori tariflar uchun 50% chegirmadan foydalanishlari mumkin.
Shu bilan birga, Toshkentdan Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch, Farg‘ona, Namangan va Termizga parvozlar soni ortadi. 3-yanvardan 7-yanvargacha mazkur shaharlardan poytaxtga jami 11 ta qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ham ta’til kunlarida yoshlar uchun chegirmalar e’lon qildi.
Shuningdek, yoshlar “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tasarrufidagi muqaddas qadamjolarga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0