Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya desantchilari Dneprda Ukraina Qurolli kuchlarining kuzatuv punktini yo‘q qilishdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO.
Boyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, havo-desant tuzilmalaridan birining qo‘mondonligi “Kornet” kuzatuv punktini yo‘q qilishga qaror qilgan.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. “Dnepr” qo‘shinlari guruhining havo-desant kuchlari bo‘linmalari Xerson viloyatida Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining kuzatuv punktini “Kornet” tankga qarshi raketa majmuasi yordamida yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi jurnalistlarga xabar berdi.

“Razvedkachilar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan daroning o‘ng qirg‘og‘idagi Ukraina qo‘shinlarining kuzatuv punktini aniqlashgan. Shu punktdan dushman qarama-qarshi qirg‘oqda joylashgan pozitsiyalarimizni doimiy ravishda kuzatib borgan, shuningdek, artilleriya qurollarining nishonlarini yo‘naltirishgan va FPV-dronlarni ishga tushirishgan”, — deya ma’lum qildi Mudofaa vazirligi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, havo-desant tuzilmalaridan birining qo‘mondonligi “Kornet” kuzatuv punktini yo‘q qilishga qaror qilgan.
“Qurilma zudlik bilan o‘q otish holatiga o‘tdi, ko‘rsatilgan nishonga boshqariladigan raketani uchirdi va kuzatuv punktini aniq zarba bilan yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Rabota remontno-vosstanovitelnogo polka VS RF v zone spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Akatsiya” Krasniy Liman yo‘nalishidagi Ukraina pozitsiyalarini yo‘q qildi
Yangiliklar lentasi
0