https://oz.sputniknews.uz/20231229/ozbekiston-va-turkiya-ortasidagi-savdo-iqtisodiy-hamkorlik-boyicha-yigilish-otkazildi-41867518.html
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
2023-12-29T09:49+0500
2023-12-29T09:49+0500
2023-12-29T11:31+0500
iqtisod
o‘zbekiston
turkiya
hamkorlik
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1d/41867628_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_6be5893167eb7ba417f66da540b6c9cd.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Joriy yilning 26-dekabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston–Turkiya Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Tadbirda O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Turkiya tomonidan vitse-prezident Jevdet Yilmaz raislik qildi.Uchrashuvda bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Mazkur sohalarda mavjud asosiy muammolar ro‘yxatini shakllantirib, yil davomida ularni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida milliy malaka tizimi va kasb standartlarini takomillashtirish, “O‘zbek-Turk” monomarkazini tashkil etish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi 7-yig‘ilishining bayonnomasi va “harakatlar rejasi” hamda 7 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1d/41867628_201:0:1641:1080_1920x0_80_0_0_31686cb818e9eaf1324e186c2eb32f1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
o‘zbekiston va turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
09:49 29.12.2023 (yangilandi: 11:31 29.12.2023) Uchrashuvda bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Joriy yilning 26-dekabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston–Turkiya Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati
xabar berdi. Tadbirda O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Turkiya tomonidan vitse-prezident Jevdet Yilmaz raislik qildi.
Uchrashuvda bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Turkiyaning farmatsevtika, qurilish materiallari, charm-poyabzal, to‘qimachilik, mebelsozlik, zargarlik, shisha ishlab chiqarish sohasidagi tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur sohalarda mavjud asosiy muammolar ro‘yxatini shakllantirib, yil davomida ularni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.
O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida milliy malaka tizimi va kasb standartlarini takomillashtirish, “O‘zbek-Turk” monomarkazini tashkil etish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Turkiya Savdo vazirligi tomonidan yuqorida keltirilgan 6 ta soha bo‘yicha yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga yuborish masalasi tez orada ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi 7-yig‘ilishining bayonnomasi va “harakatlar rejasi” hamda 7 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.