Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda keng ko‘lamli yuqori texnologiyali loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar 15-fevraldan 31-martgacha ariza topshirishlari mumkin.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2024 yilda YeOIIda birinchi marta “Yevroosiyo integratsiyasi timsollari” qo‘shma keng ko‘lamli yuqori texnologiyali va gumanitar loyihalar tanlovi o‘tkaziladi, deyiladi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida.
Tanlovdan maqsad Yevroosiyo integratsiyasining texnologik sohalarida yangi g‘oyalarni aniqlashdan iborat.
“YeOII davlatlari tomonidan qo‘shma keng ko‘lamli yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish Strategiya-2025da ko‘zdatutilgan. Umid qilamizki, tanlov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi kooperativ hamkorlik afzalliklariga korxonalarning qo‘shimcha e’tiborini tortadi va Ittifoqning integratsion salohiyatini amalda qo‘llashni ta’minlaydi”, — dedi YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev.
Arizalarni fevral oyidan topshirish mumkin. Ular jamoa a’zolarining malakasi, tajribasi, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlik, yangilik, raqobatbardoshlik hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi. Tanlovda amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, g‘oyalar va konsepsiyalar ishtirok etadi.
Tanlov 8 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
bazaviy tarmoqlar texnologiyalari (qazib oluvchi sanoatning yangi texnologiyalari, qayta ishlash tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi);
tranzit salohiyati (transport-logistika yechimlari, transport, infratuzilma);
texnologik suverenitet (asbobsozlik, dastgohsozlik, mikroelektronika, kimyo va metallurgiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik);
raqamli platforma yechimlari (axborot xavfsizligi);
yangi texnologik tuzilma (robotexnika, nanotexnologiya, biotexnologiya, AKT, gen injeneriyasi, kosmik texnologiyalar);
inson kapitali (fan va ta’lim, teletibbiyot, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport);
Yevroosiyo turizmi (HoReCa, kompleks turizm yechimlari, turistik xaritalar);
moliyaviy inklyuziya (moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo to‘lovlarini ta’minlash, ularning xavfsizligini oshirish uchun zamonaviy yechimlar).
“Tanlov yangi, texnologik jihatdan ilg‘or va raqobatbardosh bo‘lgan loyihalarni aniqlash imkonini beradi, ularning amalga oshirilishi Yevroosiyo makonida muhim ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik samaralarga erishadi”, - deb ta’kidladi Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva.
Ishtirokchilar 15-fevraldan 31-martgacha ariza topshirishlari mumkin. 30-aprelga qadar loyihalar ekspertlar tomonidan baholanadi, shundan so‘ng eng yaxshi ishlanmalar himoyasi bo‘lib o‘tadi. Natijalar sarhisob qilinadi va g‘oliblar 2024-yilning may-iyun oylarida taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0