Bodnaruk va Karlsenning g‘alabasi: Samarqandda o‘tkazilgan JCh natijalari

© Sputnik/Elina BeknazarovaChempionat mira po rapidu i blitsu v Samarkande
Chempionat mira po rapidu i blitsu v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
Obuna bo‘lish
Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen 13 turda 10 ochko jamg‘ardi va birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi. Shu tariqa u rapid bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Samarqandda Rapid va blis bo‘yicha FIDE jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan turnirda g‘oliblar aniqlandi. Yirik musobaqada turli mamlakatlardan 260 nafardan ortiq shaxmatchi ishtirok etdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen 13 turda 10 ochko jamg‘ardi va birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi. Shu tariqa u rapid bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qildi.
U avval 2014, 2015, 2019 va 2022-yillarda ushbu turnirda g‘olib chiqqan.
Ikkinchi o‘rinni Sloveniya vakili Vladimir Fedoseyev egalladi. Shaxmatchi 13 turda 7 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 5 durang qayd etgan.
Uchinchi o‘rinda xitoylik Yu Yan’i. Xitoylik shaxmatchi hisobida 9 ochko bor. 13 raundda 5-marta g‘alaba qozongan va 8-marta durang o‘ynagan.
O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov so‘nggi o‘yinda rossiyalik Volodar Murzin bilan durang o‘ynab, kuchli uchlikka kira olmadi. U 9 ​​ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘rinni egalladi. Undan tashqari 10 nafar shaxmatchi 9 ochkodan jamg‘argan.
© Sputnik/Elina BeknazarovaChempionat mira po rapidu i blitsu v Samarkande
Chempionat mira po rapidu i blitsu v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
O‘zbekistonning yana to‘rt nafar vakili 8 ochkodan jamg‘arib, turnir jadvalining turli qatorlaridan joy olishdi. Jahongir Vohidov 30, Javohir Sindarov 38, Shamsiddin Vohidov 41, Muhiddin Madaminov 44-o‘rinda.
Ayollar o‘rtasidagi turnir yakunlariga ko‘ra, rossiyalik shaxmatchi Anastasiya Bodnaruk tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati g‘olibiga aylandi. U hal qiluvchi taybreykda hindistonlik raqibini 2,5 – 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Yakuniy 11-turda Bodnaruk, Koneru va xitoylik Ley Tinsze 8,5 ochkodan jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Bodnaruk va Koneru oltin uchun taybreyk o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi, Ley Tinsze esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘rtasida 14 yoshli Afruza Hamdamova eng yaxshi natija qayd etdi. Uning hisobida 6,5 ​​ochko bor va 117 nafar shaxmatchi orasida 34-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida rapid va blis bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0