Sherali Jo‘rayev, Murod Rajabov: 2023-yilda O‘zbekiston kimlarni yo‘qotdi?
12:20 28.12.2023 (yangilandi: 12:57 28.12.2023)
© Sputnik / Avenir DeberdeyevOsennie listya v luje posle dojdya
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
Obuna bo‘lish
Yana bir yil yakuniga sanoqli kunlar qoldi. Bu yilda ham O‘zbekistonda ko‘plab taniqli adabiyot va san’at vakillari, davlat arboblari hayotni tark etdi. Yil yo‘qotishlari bilan Sputnik maqolasida tanishing.
Muqaddas Rizayeva — 1-yanvar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muqaddas Nishonovna Rizayeva 97 yoshida vafot etdi. O‘zbek opera maktabining yorqin vakilasi Muqaddas Rizayeva yuzlab shogirdlar yetishtirgan jonkuyar ustoz, o‘zbek san’ati va madaniyati rivojiga beminnat xizmat qilgan tajribali mutaxassis edi.
© Madaniyat vazirligiMuqaddas Rizayeva
Muqaddas Rizayeva
© Madaniyat vazirligi
Rafiq Nishonov — 12-yanvar
O‘zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi, O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi birinchi kotibi 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Nishonov SSSR va Rossiyaning bir necha orden va medallari laureati. Xususan, davlat arbobi 90-yillik yubiley arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan "Shon-sharaf" ordeni, 2021-yil yanvar oyida esa Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan. Sovet davrida unga “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilgan.
© Sputnik / Sergey GuneyevRafik Nishanov
Rafik Nishanov
© Sputnik / Sergey Guneyev
Hakim Zaripov — 18-yanvar
O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. U o‘z mehnat faoliyatini 1942-yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan. Yarim asrdan ziyod vaqt davomida jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelgan Zaripovlar sulolasi vakili Hakim Zaripov yoshlarga sirk san’ati sirlarini o‘rgatishga ham katta e’tibor qaratgan.
© Press-slujba RosgorsirkaNarodniy artist SSSR Xakim Zaripov skonchalsya na 99 godu jizni
Narodniy artist SSSR Xakim Zaripov skonchalsya na 99 godu jizni
Murod Rajabov — 8-aprel
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshida vafot etdi. Iste’dodli aktor "Ajoyib xayolparast", "To‘ylar muborak", "Olovli yo‘llar", "Tangalik bolalar", "Temir xotin", "Temir erkak", "Kichkina tabib", "Shaytanat", "Devona", "Sarvinoz", "Ulfatlar", “Kechir”, “Maktub”, "Niqob", “Super kelinchak”, “Kelgindi kuyov”, “Sevginator”, “Kelgindi qaynona” filmlarida o‘ziga xos yorqin rollari bilan muxlislar xotirasida qolgan. Rejissor sifatida “Pari momo”, “Ulfatlar”, “Anora”, “Ulfatlar 2”, “Bir kelib keting qishlog‘imizga”, “Ulfatlar 3 yoxud ulfatlar Tailandda” filmlarini suratga olgan.
© Kinematografiya agentligiMurod Rajabov
Murod Rajabov
© Kinematografiya agentligi
Guli Xamrayeva — 16-aprel
O‘zbekiston xalq artisti, balerina Guli Xamrayeva 76 yoshda vafot etdi. Guli Xamrayeva Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi, eng sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi partiyalar ijrochisi bo‘lgan. Uning “Baxchirayskiy fontan”, “Don Kixot”, “Esmeralda”, “Dilorom”, “Amulet lyubvi”, “Spartak” va boshqa ko‘plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan munosib o‘rin egallagan.
© Ministerstvo kulturi i turizmaSkonchalas Narodnaya artistka Uzbekistana Guli Xamrayeva
Skonchalas Narodnaya artistka Uzbekistana Guli Xamrayeva
© Ministerstvo kulturi i turizma
Oydin Hojiyeva — 13-may
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Oydin Hojiyevaning birinchi she’riy to‘plami 1970-yilda “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. 1972-yildauning “Men sevgan qo‘shiq”, “Zar kokil qiz va quyosh”, 1975-yilda “Manzillar”, 1977-yilda “Navo”, 1978-yilda “Tarovat”, 1979-yilda “Buvisining o‘z qizi”, 1980-yilda “Dostonlar”, “Tamal toshi”, 1989-yilda “Saylanma”, 1991-yilda “Najot”, “Olisdan kelgan ovoz” kabi ko‘plab she’riy kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan.
© Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatiO‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
© Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati
Qizlarxon Do‘stmuhammedova — 25-may
Taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. U “Go‘zal”, “Tong malikasi”, “Go‘zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo‘g‘ulchai segoh”, “Qorako‘zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” kabi mumtoz raqslari bilan mashhur.
© Ministerstvo kulturi i turizma UzbekistanaKizlarxon Dustmuxammedova
Kizlarxon Dustmuxammedova
© Ministerstvo kulturi i turizma Uzbekistana
Nuriddin Hamroqulov — 1-avgust
O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. Xonandaning “Samarqand ushshog‘i”, “Toshkent irog‘i” kabi mumtoz qo‘shiqlardan tortib, “Olamni asrang”, "Ra’no", “Soy ko‘rdim”, "Shirinliging", “Kuldi bahorim”, "Turnalar", “Ajab sirlar” kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. Xonanda 2020-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.
© MinKulturi UzbekistanaNarodniy artist Uzbekistana Nuriddin Xamrakulov
Narodniy artist Uzbekistana Nuriddin Xamrakulov
© MinKulturi Uzbekistana
Bahrullo Rahimov — 2-avgust
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bahrullo Rahimov 64 yoshida vafot etdi. Ko‘p qirrali aktor uzoq yillar davomida 50 dan ortiq turli xarakterdagi tarixiy, zamonaviy asarlarda bosh rollarni o‘ynab kelgan. Teatrdagi 43-yillik mehnat faoliyati davomida Zindonbon va Darvesh ("Ulug‘bek"), Amir Nasrulloh ("Nodirabegim"), Amir Temur ("Samarqandnoma"), Behbudiy ("Behbudiy"), Sulayxiy (“Imom Buxoriy”), Aleksandr Makedonskiy (“Quyosh farzandi Spitamen”), Avaz (“Bir o‘lib ko‘raychi”), Edip ("Edip"), Shayxulislom va Temurning arvohi (“Mirzo Ulug‘bek”), Odam ato (“Qobil ila Hobil”), Bobo ("Ko‘chki"), Graf Gloster (“Qirol Lir”) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
© Minkulturi UzbekistanaBaxrulla Raximov
Baxrulla Raximov
© Minkulturi Uzbekistana
Sherali Jo‘rayev — 4-sentabr
O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 77 yoshida vafot etdi. Sherali Jo‘rayev 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti”, 1991-yilda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, 2018-yilda “Tojikiston xalq artisti” unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va 2022-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. Sherali Jo‘rayev butun Markaziy Osiyo xalqlari orasida taniqli hofiz bo‘lib, o‘zining yuzlab mashhur qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalqining yodida qolgan.
© Ministerstvo kulturiSherali Jurayev
Sherali Jurayev
© Ministerstvo kulturi
O‘tkir Siddiqov — 20-noyabr
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. O‘tkir Siddiqov boshlovchi sifatida 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. U 250-martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan. 1996-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, 2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaUtkir Siddikov
Utkir Siddikov
© Press-slujba Ministerstva kulturi Uzbekistana