https://oz.sputniknews.uz/20231228/ozbekiston-24-gigavatt-yashil-elektr-stantsiyalar-41850082.html
O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalari ishga tushdi
O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalari ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakatning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi va tarmoqqa ulandi.
2023-12-28T09:30+0500
2023-12-28T09:30+0500
2023-12-28T11:19+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baa
xitoy
investitsiya
energetika
yashil energiya
shamol elektr stansiyasi
quyosh fotoelektr stansiyasi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1b/41847720_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_08283377fe148a20569865d5274c76ed.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Prezident mamlakatning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.Investitsiya loyihalarning hamkorlari:Qayd etilishicha, respublikada ilk bor 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan, davlat-xususiy sheriklik asosida Karmana va Nurobod tumanlarida umumiy quvvati 200 megavattlik quyosh stansiyalari barpo etildi. O‘tgan davrda ular 1 milliard kilovatt soat “yashil” elektr energiyasini ishlab chiqardi.Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan uchta zamonaviy fotoelektr stansiyasini barpo etish loyihasi yakunlandi. Shuningdek, Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattlik shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi qurib bitkazildi.Bundan tashqari, Xitoyning “China Gezhouba Group” kompaniyasi tomonidan Buxoro va Qashqadaryoda umumiy quvvati 1000 megavattlik quyosh stansiyalarining birinchi bosqichi qurilishi yakunlandi.Jami qiymati 2 milliard dollarlik ushbu stansiyalar to‘liq ishga tushsa, ikki millionta xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda sanoat va xizmatlar sohasida 4 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.Aytilishicha, 2030-yilgacha “yashil” energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirishga xizmat qiladi.
o‘zbekiston
baa
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1b/41847720_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a2d11d5cfa48a0cac3c287d271c993e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalari masdar muhammad jamol al-ramahiy china energy engineering corporation vu yun china energy international group lyu szesan china gezhouba group lin saodan sepco iii dongfang electric corporation
o‘zbekiston 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalari masdar muhammad jamol al-ramahiy china energy engineering corporation vu yun china energy international group lyu szesan china gezhouba group lin saodan sepco iii dongfang electric corporation
O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalari ishga tushdi
09:30 28.12.2023 (yangilandi: 11:19 28.12.2023) Mamlakatning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi va tarmoqqa ulandi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Prezident mamlakatning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi
O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi
O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi
O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi
Investitsiya loyihalarning hamkorlari:
“Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy;
“China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yun;
“China Energy International Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lyu Szesan;
“China Gezhouba Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lin Saodan;
“SEPCO III”, “Dongfang Electric Corporation” va boshqa kompaniyalar rahbarlari.
Qayd etilishicha, respublikada ilk bor 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan, davlat-xususiy sheriklik asosida Karmana va Nurobod tumanlarida umumiy quvvati 200 megavattlik quyosh stansiyalari barpo etildi. O‘tgan davrda ular 1 milliard kilovatt soat “yashil” elektr energiyasini ishlab chiqardi.
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan uchta zamonaviy fotoelektr stansiyasini barpo etish loyihasi yakunlandi. Shuningdek, Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattlik shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, Xitoyning “China Gezhouba Group” kompaniyasi tomonidan Buxoro va Qashqadaryoda umumiy quvvati 1000 megavattlik quyosh stansiyalarining birinchi bosqichi qurilishi yakunlandi.
“Ushbu qurilish ishlari juda qisqa fursatda – 9 oyda bitkazilgani diqqatga sazovor”, –deyiladi xabarda.
Jami qiymati 2 milliard dollarlik ushbu stansiyalar to‘liq ishga tushsa, ikki millionta xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda sanoat va xizmatlar sohasida 4 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Hozir yurtimizda 9 gigavattli 22 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari ustida ishlayapmiz. Xorijiy kompaniyalar bilan sermahsul hamkorligimizni tobora kengaytirib boramiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytilishicha, 2030-yilgacha “yashil” energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirishga xizmat qiladi.