"Gazprom" O‘zbekiston bilan 15-yillik shartnoma imzolaydi — Miller

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy forum "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya".
Mejdunarodniy forum Rossiyskaya energeticheskaya nedelya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2023
Obuna bo‘lish
Dekabr oyida "Gazprom" O‘zbekistonga texnologik maksimal darajada yetkazib bermoqda. Bu rejalashtirilganidan 2 baravar ko‘p.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. "Gazprom" Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan 2024-yil o‘rtalarida 15-yillik o‘rta muddatli shartnomalar tuzadi, dedi kompaniya rahbari Aleksey Miller RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan kelishib olgan o‘rta muddatli o‘n besh yillik shartnomalar kelasi yilning o‘rtalarida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tuzamiz, 2025-yil 1-noyabrda ushbu shartnomalar bo‘yicha Markaziy Osiyo respublikalariga ishonchli va barqaror ta’minot boshlanadi", — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.

Bundan tashqari, Miller dekabr oyida "Gazprom" O‘zbekistonga gazni Markaziy Osiyo – Markaz gaz quvurlari orqali texnologik jihatdan maksimal darajada yetkazib berayotganini ham eslatib o‘tdi.
2023 yilning dekabr oyi boshida O‘zbekistonga ham sovuq havo kirib keldi, biz O‘zbekiston tomoni murojaatiga ko‘ra, gaz yetkazib berishni kunlik shartnoma majburiyatlaridan ikki baravar ko‘p ta’minladik. Bugun esa O‘zbekistonga gazni texnologik maksimal rejimda yetkazib bermoqdamiz, deb aytib o‘tgandi Miller.
Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish

2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.

2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”imzolangan edi.

Sentabr oyining oxirida O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda infratuzilma Rossiya gazini 1-oktabrdan qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligima’lumotlarigako‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 3 milliard kubometrni tashkil etadi va bu kelajakda oshirilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga "Markaziy Osiyo — Sentr" gaz quvuri orqali yetkazib berish loyihasi eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida 1960-yillarda qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan gaz infratuzilmasidan revers usulida foydalaniladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0