https://oz.sputniknews.uz/20231227/yashil-evroosiyo-xalqaro-iqlim-tanlov-41842412.html
"Yashil Yevroosiyo" xalqaro iqlim tanlovi qachon boshlanadi — tafsilotlar
"Yashil Yevroosiyo" xalqaro iqlim tanlovi qachon boshlanadi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Natijalar sarhisob qilinadi va g‘oliblar 2024-yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida taqdirlanadi.
2023-12-27T17:55+0500
2023-12-27T17:55+0500
2023-12-27T17:55+0500
o‘zbekiston va yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
ekologiya
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1b/41841585_11:26:775:456_1920x0_80_0_0_bd7a419ec4cccfa2d38c9cb75f81f9c1.jpg
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “Yashil Yevroosiyo” tanlovi 2024-yil boshida boshlanadi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati.Kelasi yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida “Yashil Yevroosiyo” ikkinchi xalqaro iqlim tanlovi natijalari sarhisob qilinadi.Maqsad iqlimni yumshatish, moslashish va barqaror rivojlanish bo‘yicha eng samarali amaliyotlarni tanlash bo‘lgan “Yashil Yevroosiyo” tanlovi 2024-yil boshida boshlanadi.Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, davlat organlari, hokimiyat organlari, birlashmalar va YeOIIga a’zo davlatlar va uchinchi davlatlarning jismoniy shaxslari ariza berishlari mumkin.Tanlov tashkilotchilari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Strategik tashabbuslar agentligi va Yevroosiyo makonidagi rivojlanish institutlari konsorsiumi hisoblanadi.Kelgusi yilda tanlov toza energiya va energiya samaradorligi, toza sanoat, yashil moliyalashtirish, kam uglerodli transport va boshqa yo‘nalishlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.“Yashil Yevroosiyo” iqlim barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashish uchun keng ko‘lamli platformaga aylanadi. Mutaxassislar tomonidan nominatsiyada eng yaxshi deb topilgan amaliyotlar takrorlash uchun tavsiya etiladi.“Yashil Yevroosiyo” ikkinchi xalqaro iqlim tanloviga arizalarni qabul qilish 2024-yil 1-fevraldan 31-martgacha rasmiy veb-saytda amalga oshiriladi.30 aprelga qadar taqdim etilgan amaliyotlar ekspert bahosini oladi. Natijalar sarhisob qilinadi va g‘oliblar 2024-yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida taqdirlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1b/41841585_78:0:721:482_1920x0_80_0_0_26f4964909837be6d0f46de00cb2a942.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"yashil yevroosiyo" xalqaro iqlim tanlovi yeoii
"yashil yevroosiyo" xalqaro iqlim tanlovi yeoii
"Yashil Yevroosiyo" xalqaro iqlim tanlovi qachon boshlanadi — tafsilotlar
Natijalar sarhisob qilinadi va g‘oliblar 2024-yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida taqdirlanadi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “Yashil Yevroosiyo” tanlovi 2024-yil boshida boshlanadi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi
matbuot xizmati. Kelasi yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida “Yashil Yevroosiyo” ikkinchi xalqaro iqlim tanlovi natijalari sarhisob qilinadi.
Maqsad iqlimni yumshatish, moslashish va barqaror rivojlanish bo‘yicha eng samarali amaliyotlarni tanlash bo‘lgan “Yashil Yevroosiyo” tanlovi 2024-yil boshida boshlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, davlat organlari, hokimiyat organlari, birlashmalar va YeOIIga a’zo davlatlar va uchinchi davlatlarning jismoniy shaxslari ariza berishlari mumkin.
Tanlov tashkilotchilari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Strategik tashabbuslar agentligi va Yevroosiyo makonidagi rivojlanish institutlari konsorsiumi hisoblanadi.
"Agar 2023-yilda g‘olib va finalchilar bizning Yevrosiyo "beshligi" mamlakatlari loyihalari bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tanlov ishtirokchilarning yanada kengroq geografiyasini va turli mavzuli yo‘nalishlarni namoyish etishni va’da qiladi", — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
Kelgusi yilda tanlov toza energiya va energiya samaradorligi, toza sanoat, yashil moliyalashtirish, kam uglerodli transport va boshqa yo‘nalishlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Yashil Yevroosiyo” iqlim barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashish uchun keng ko‘lamli platformaga aylanadi. Mutaxassislar tomonidan nominatsiyada eng yaxshi deb topilgan amaliyotlar takrorlash uchun tavsiya etiladi.
“Bu butun dunyodagi o‘zgarishlar yetakchilari uchun o‘z tajribasini ifodalash va xalqaro miqyosda e’tirofga ega bo‘lish imkoniyatidir”, — dedi Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva.
“Yashil Yevroosiyo” ikkinchi xalqaro iqlim tanloviga arizalarni qabul qilish 2024-yil 1-fevraldan 31-martgacha
rasmiy veb-saytda amalga oshiriladi.
30 aprelga qadar taqdim etilgan amaliyotlar ekspert bahosini oladi. Natijalar sarhisob qilinadi va g‘oliblar 2024-yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida taqdirlanadi.