O‘zbekistonlik olim ilk bor Rossiyaning eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi

© press-slujba MISISZdanie Almalikskogo filiala NITU "MISIS".
Zdanie Almalikskogo filiala NITU MISIS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Obuna bo‘lish
Farhodbek Umarov “Ta’lim va fan-texnika taraqqiyoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik olim ilk bor Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligining eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.
Oliy ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining uzoq tarixida ilk bor o‘zbekistonlik olim Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligining eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.
© press-slujba MISISVpervie ucheniy iz Uzbekistana poluchil medal Minobrnauki Rossii
Vpervie ucheniy iz Uzbekistana poluchil medal Minobrnauki Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi buyrug‘iga asosan “MISIS”ning Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori Farhodbek Yarqulovich Umarov “Ta’lim va fan-texnika taraqqiyoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.
Bu medal ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni, nanotexnologiyalarni, shuningdek, fan va yuqori texnologiyalar markazlarini, intellektual mulkni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimlarga beriladi.
Taqdirlash marosimi Fan va texnologiya universitetining “MISIS” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, texnika fanlari doktori Umarov 2018-yilda Yevro-Osiyo konchilik fanlari akademiyasining eng yosh akademigi sifatida ham e’tirof etilgan.
Yangiliklar lentasi
0