MDHning norasmiy sammiti: muhokama etilgan masalalar, Mirziyoyev va Putin uchrashuvi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 20 dan ortiq tarmoq bo‘yicha hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar bo‘yicha 24 ta muhim bitimga qo‘shildi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda 2023-yilgi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRossiya prezidenti Vladimir Putin

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
MDH doirasida ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlikda faol ishtirok etmoqda. Mamlakat 20 dan ortiq tarmoq bo‘yicha hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar bo‘yicha 24 ta muhim bitimga qo‘shildi.
MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi va deyarli barcha tarmoqlarni qamrab olgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

"Davlatimiz rahbari MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni tubdan kengaytirish va hamkorlikning amaldagi institutsional mexanizmlari samaradorligini oshirish zarurligini alohida qayd etdi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.
Yetakchilar Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan ham tanishishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMDH bayroqlari

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
MDH bayroqlari
Shuningdek, MDH norasmiy sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
"Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Putin bilan gaz sohasida hamkorlik mavzusini muhokama qilgan.

"(U) juda va juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. "Gazprom" revers loyihalarni juda samarali amalga oshirdi", — dedi u.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Rabochiy vizit Prezidenta Uzbekistana v Rossiyu zavershilsya
 - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Rabochiy vizit Prezidenta Uzbekistana v Rossiyu zavershilsya
 - Sputnik O‘zbekiston
2/2
1/2
2/2
Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2023
O‘zbekiston va YeOII
Sankt-Peterburgdagi YeOII sammiti: kelishuv va imzolangan hujjatlar
Yangiliklar lentasi
0