Mirziyoyev kelasi yil uchun Davlat budjetini tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Kelasi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti tasdiqlandi. Bu bo‘yicha prezident tegishli qonunni imzoladi.
“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan kelasi yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solindi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.
O‘zbekiston budjet tizimi budjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;
3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilandi”, — deyiladi hujjat matnida.
2024 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi.
Qonunga ko‘ra, jumladan soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Mazkur hujjat 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, qonunda asosan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va barqaror rivojlanish milliy maqsadlaridagi yo‘nalishlar va vazifalarga erishish inobatga olingan. Davlat budjeti loyihasida kelasi yil budjet daromadlari 270,3 trln so‘m, xarajatlari 279,6 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0