O‘zbekiston yilning eng yaxshi sportchilarini aniqladi

Obuna bo‘lish
“Milliy sport mukofoti-2023” marosimida eng munosiblar taqdirlanishadi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Toshkentda “Milliy sport mukofoti-2023" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Tadbir avvalida yil davomi faol ishlagan 4 ta sport maktabi taqdirlandi.
Eng yaxshi sport maktablari:
Navoiy shahar 1-son sport maktabi;
Buxoro tuman sport maktabi;
Xonqa tumani sport maktabi;
Mirobod tumani 1-son sport maktabi.
Samarqand, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan maktablar "eng yaxshi ixtisoslashtirilgan sport maktablari" deb topildi.
Samarqand viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
Farg‘ona viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
Namangan viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
Tadbirda, shuningdek, yil kashfiyoti (Ziyodaxon Abdusattorova, kamondan otish), yilning eng yaxshi yosh sportchisi (Gulistan Perdibayeva, qilichbozlik), yuksalayotgan federatsiya (O‘zbekiston Rowing&Sanoe federatsiyasi), yilning eng yaxshi hakami (Dmitriy Kim, taekvondo WT) nominatsiyalarning g‘oliblari ham aniqlandi.
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokori Sardor Parpiyev "Yilning eng yaxshi sport shifokori" deb topildi.
Shuningdek, Shaxina Yigitaliyeva yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi (para yengil atletika) bo‘ldi. "Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi" Dilshod Yo‘ldoshev (para kanoe), "Yilning eng yaxshi para sport klubi" suv sporti turlari klubi, "Yilning eng yaxshi para terma jamoasi" para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi, "Paralimpiya harakatini qo‘llab quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun" Olmaliq KMK AJ deb topildi.
G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun: Sevinch Rahimova;
Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston boks federatsiyasi;
Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Go‘zal Mo‘minova.
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para yengil atletika);
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Hayitmurod Sherqo‘ziyev (para kanoe);
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Xalokov (boks).
Prezident farmoniga asosan xalqaro maydonda erishgan natijalari uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Lazizbek Mullojonov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
1/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
2/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
3/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
4/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
5/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
6/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
7/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
8/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
9/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
10/11
© NOK
Seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2023!  - Sputnik O‘zbekiston
11/11
Yangiliklar lentasi
0