Samarqand xalqaro aeroporti sodiqlik dasturiga qo‘shildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMejdunarodniy aeroport Samarkanda
Mejdunarodniy aeroport Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur dastur aeroportlar va temir yo‘l vokzallaridagi xalqaro biznes-zallarga kirish imkonini beradi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti O‘zbekistonda birinchi bo‘lib "DragonPass" sayyohlik sodiqlik dasturiga qo‘shildi, deya xabar berdi aeroport matbuot xizmati.
“Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy oshirish maqsadida Samarqand xalqaro aeroportining yangi CIP-zali xalqaro sodiqlik dasturi ishtirokchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Dasturda ro‘yxatdan o‘tgan va tashrif kuni jo‘nab ketadigan (chiptalari bo‘lgan) yo‘lovchilar biznes-zaldan qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Samarqand xalqaro aeroportining CIP zalida yo‘lovchilar bar, chekish xonasi, namozxona, bolalar maydonchasidan foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga oziq-ovqat va ichimliklar joy olgan shvet stoli, gadjetlarni quvvatlantirish va dam olish joylari, Wi-Fi, "Duty Free" do‘konlari ham taklif etiladi.
Qayd etilishicha, sodiqlik dasturi butun dunyo bo‘ylab 30 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan mijozlarga ega bo‘lib, dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq aeroportlarda 1300 dan ortiq zaldan foydalanish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, dastur a’zolari butun dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq restoranlardan, shuningdek, transferlar va kutib olish va kuzatishxizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Ilgari Samarqand aeroportining CIP zali "Mile-On-Air" platformasidan ONPASS xalqaro sodiqlik dasturiga qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, mazkur dastur aeroportlar va temir yo‘l vokzallaridagi xalqaro biznes-zallarga kirish tizimi. U butun dunyo bo‘ylab 1300 dan ortiq biznes zallari va 1000 dan ortiq restoranlarni, shuningdek, transferlar va kutib olish va kuzatish xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0