Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Ukrainaning front ortidagi tayanch punktini egallab oldi

© Sputnik / Aleksey MayshevVoyennoslujashie VS RF vo vremya proxojdeniya boyevoy podgotovki na odnom iz poligonov v zone spetsialnoy voyennoy operatsii.
Voyennoslujashie VS RF vo vremya proxojdeniya boyevoy podgotovki na odnom iz poligonov v zone spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2023
Obuna bo‘lish
Razvedkachilarning yana bir guruhi blindajlar tarmog‘i va pulemot o‘q otish nuqtasini dronlar yordamida aniqlagan.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Janubiy guruhining maxsus bo‘linmalari Artyomovsk yo‘nalishidagi front ortidagi Ukraina armiyasining tayanch punktiga hujum qildi va bir askarni asirga oldi. RIA Novosti muxbiri ularning harakatini bevosita kuzatdi.
Askarlar tunda dushmanning orqa fronti bo‘ylab harakat qilishdi, Ukraina blindaji yaqinida niqoblanib, kuzatuvni boshladilar. Dushman borligidan darak berganidan so‘ng Rossiya artilleriyasi hujumni boshladi, keyin razvedkachilar pozitsiyaga kutilmaganda bostirib kirdi.
"Bugun juda samarali kun bo‘ldi, razvedkachilar ham kuchlarini ishga soldilar, dushmandan bir pozitsiyani qaytarib olishdi, natijada bir kishi asirga olindi", – dedi "Sibir" chaqiruvli otrad komandiri.
Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya dushman orqa frontida amalga oshirilgan.
"Kechasi ikkalamizni pozitsiyaga olib kelishdi, u yerda yana ikki kishi bor edi. Erta tongda, soat nechchi edi bilmayman, otishma boshlandi. Ikki kishi halok bo‘ldi, men okopdan chiqib, avtomatni tashlab, taslim bo‘lishimni aytdim”, — dedi UQKning asirdagi harbiysi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik harbiylar Kiyev rejimi qo‘shinlari joylashgan pozitsiyalarga yaqinlashgan.
“Dushmanning bir qancha pozitsiyalari aniqlandi, mos ravishda FPV-dronlari bilan yanada mustahkamlangan pozitsiyalarga zarba berdik, dushman "parchalanib", o‘z pozitsiyalarini tark eta boshladi, shu tariqa biz (bundan – tahr.) foydalandik va shu pozitsiyalarni egallab oldik”, – deya ta’kidladi "Sibir".
Razvedkachilarning yana bir guruhi blindajlar tarmog‘i va pulemot o‘q otish nuqtasini dronlar yordamida aniqladi. Birinchisiga o‘q-dorilarni tashlash tizimi bilan zarba berilgan, qolganlarini minomot va FPV-dronlari bilan yo‘q qilingan.
Yangiliklar lentasi
0