O‘zbekistonning uchta tarmog‘ida 12,7 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish boshlanadi
14:47 25.12.2023 (yangilandi: 15:28 25.12.2023)
© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishSex upakovki gotovoy produksii na farmatsevticheskom predpriyatii
© Sputnik / Sergey Patakov
/ Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: hokimliklar sanoat tarmoqlari bilan ishlab, loyihalarni ko‘paytirishi zarur.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Kelgusi yilda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida 12 milliard 700 million dollarlik 24 ta yirik loyiha boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar va sharoitlar natijasida so‘nggi besh yilda ushbu uchta tarmoqda ishlab chiqarish 2,6 barobar oshgan. Ularning sanoatdagi ulushi 7 foizga yetgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Shuningdek, 231 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, eksport 1,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Shu yilning o‘zida elektrotexnikada 163 million dollarlik 39 ta, kimyo sanoatida 70 million dollarlik 17 ta va farmatsevtikada 87 million dollarlik 57 ta korxona ishga tushdi.
Ta’kidlanishicha, ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish elektrotexnikada 50 foizga, kimyo sanoatida 40 foizga, farmatsevtikada 18 foizga ham yetmaydi. Hududlarda tashkil qilingan zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilgani yo‘q, 116 ta korxonaga olib kelingan 85 million dollarlik sanoat uskunasi ishga tushmasdan turibdi. 727 ta korxona to‘liq quvvatda ishlamayapti.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
“Hokimliklar sanoat tarmoqlari bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab, hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishi, loyihalarni ko‘paytirishi zarur. Shundagina joylarda iqtisodiy o‘sish, ish o‘rni, budjetga tushum bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kelgusi yilda mazkur 3 tarmoqda 12 milliard 700 million dollarlik 24 ta yirik loyiha boshlanishi qayd etildi.
“Navoiyazot”da polivinilxlorid va Qo‘ng‘irotda kalsiylangan soda quvvatlarini kengaytirish, Qorako‘lda metanoldan olefin olish, Samarqandda maishiy texnika va avtomobillar uchun metall listlar ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidandir.
Davlat rahbari bu loyihalarga kerak bo‘ladigan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib berishga mahalliy korxonalarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, tarmoq va hududlar birgalikda ishlab, elektrotexnikada 2,1 milliard dollarlik 190 ta, kimyo sanoatida 3,8 milliard dollarlik 139 ta, farmatsevtikada 1,5 milliard dollarlik 110 ta o‘rta va kichik loyihalarni shakllantirgan.
Yig‘ilishda prezident ularning quvvati, yaratilajak mahsulotlar turi va ish o‘rniga e’tibor qaratib, loyihalarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.