TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatr sahnasida Potr Ilich Chaykovskiyning yangicha sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.Qayd etilishicha, sahnalashtirishlarning 200-yildan ortiq tarixi mobaynida “Qarsildoq” asarining voqealar rivoji turli-tuman talqinlarga uchragan. Ilk marotaba spektakl Toshkentda 1993-yilda namoyish etilgan edi. Mazkur talqin Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida o‘ttiz yil davomida ijro etib kelindi. 2023-yilda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy baleti san’atkorlari uchun ushbu balet spektaklining yangi shakli taqdim etildi.Taniqli rus xoreografi Maksim Petrov spektaklning an’anaviy bayramona mavzusini saqlab qolib va qahramonlarni sehrli g‘aroyibot olamiga g‘arq qildirishga intilgan holda “Qarsildoq”ning yangi sayqalda sahnalashtirdi.Spektakl taniqli rossiyalik sahnalashtiruvchi arboblar va Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik teatrning badiiy jamoasi, Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining Bolalar xori, “Bulbulcha” bolalar xor va raqs ansambli hamda A.Kabdurahmanov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestrining qo‘shma ijodiy hamkorligi natijasi bilan betakrordir.
Ilk marotaba spektakl Toshkentda 1993-yilda namoyish etilgan edi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatr sahnasida Potr Ilich Chaykovskiyning yangicha sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sahnalashtirishlarning 200-yildan ortiq tarixi mobaynida “Qarsildoq” asarining voqealar rivoji turli-tuman talqinlarga uchragan. Ilk marotaba spektakl Toshkentda 1993-yilda namoyish etilgan edi.
Mazkur talqin Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida o‘ttiz yil davomida ijro etib kelindi. 2023-yilda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy baleti san’atkorlari uchun ushbu balet spektaklining yangi shakli taqdim etildi.
Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida Chaykovskiyning yangicha sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Taniqli rus xoreografi Maksim Petrov spektaklning an’anaviy bayramona mavzusini saqlab qolib va qahramonlarni sehrli g‘aroyibot olamiga g‘arq qildirishga intilgan holda “Qarsildoq”ning yangi sayqalda sahnalashtirdi.
"Qayta anglangan spektakl tomoshabinlarni raqslarda xirom aylovchi qor parchalari, Muz qirolligiga sayohat hamda Qarsildoq bilan uchrashuvga limmo-lim mo‘jizalar va xayolot olamiga ravona qildirdi. Ta’sirchan sahna bezaklari, bashang liboslar hamda zamonaviy texnologiyalar tomoshabinlarni aslo befarq qoldirmadi", —deyiladi xabarda.
Spektakl taniqli rossiyalik sahnalashtiruvchi arboblar va Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik teatrning badiiy jamoasi, Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining Bolalar xori, “Bulbulcha” bolalar xor va raqs ansambli hamda A.Kabdurahmanov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestrining qo‘shma ijodiy hamkorligi natijasi bilan betakrordir.