Toshkentda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari o‘tkazilmoqda — manzillar

© Press-slujba xokimiyata TashkentaV preddverii Novogo goda na nekotorix rinkax Tashkenta organizovali yarmarki produktov pitaniya po dostupnim senam
V preddverii Novogo goda na nekotorix rinkax Tashkenta organizovali yarmarki produktov pitaniya po dostupnim senam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2023
Obuna bo‘lish
Dehqon bozorlari yangi yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Yarmarkalar joylashgan bozorlar ro‘yxati:
Bektemir tumani — Qo‘yliq bozori;
“Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ;
Mirobod tumani — Mirobod bozori;
Mirzo Ulug‘bek tumani — Navro‘z bozori;
Sergeli tumani — Sergeli bozori;
Olmazor tumani — Qoraqamish bozori;
Uchtepa tumani — Farhod bozori;
Shayxontohur tumani — Eski Juva bozori;
Yashnobod tumani — Aviasozlar bozori;
Yunusobod tumani — Yunusobod bozori va Oloy bozori;
Yakkasaroy tumani — Askiya bozori;
Chilonzor tumani — Chilonzor bozori.

"Dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Dehqon bozorlari yangi yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi.
Toshkentda Yangi yil archa bayramlari qayerda o‘tkaziladi — sana, vaqt va manzillar
Yangi yil bayrami: O‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
Arzon va sifatli: Yangi yil yarmarkalarida qanday mahsulotlar sotilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2023
Arzon va sifatli: Yangi yil yarmarkalarida qanday mahsulotlar sotilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0