Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga bo‘lajak prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
"Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida qayd etildi. Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yuksak darajaga – strategik sheriklikka erishilganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 30 foizga oshdi, mashinasozlik, to‘qimachilik, pillachilik, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz majmuasi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari faol tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini shakllantirishga kelishib olishdi.
Shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.
Yangiliklar lentasi
0