https://oz.sputniknews.uz/20231222/yangi-yil-bayrami-ozbekistonda-dam-olish-uchun-qaerlarga-borish-mumkin-41702876.html
Yangi yil bayrami: O‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
Yangi yil bayrami: O‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil bayrami: O‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
2023-12-22T15:16+0500
2023-12-22T15:16+0500
2023-12-22T15:46+0500
turizm
o‘zbekiston
yangi yil
dam olish maskani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/12/13071235_0:0:3606:2029_1920x0_80_0_0_26994aa3468161717941ca6c43fba867.jpg
Yangi yilni qanday kutib olsangiz, uni shunday o‘tkazasiz, deyishadi. Ba’zilar uni uyda, oila va do‘stlar davrasida o‘tkazishni afzal ko‘rishadi. Boshqalar, aksincha, sayohat yoki tabiat qo‘ynida dam olishni tanlashadi.Sputnik O‘zbekiston siz uchun respublikadagi bayram ta’tillarida borish, ko‘plab yoqimli taassurotlar olish mumkin bo‘lgan joylarni to‘pladi.AmirsoyG‘arbiy Tan-Shanning ajoyib landshaftlari orasida Toshkentdan atigi 85 km uzoqlikda joylashgan Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti bor. U oilaviy dam olish uchun ideal maskan. Mehmonlar zamonaviy va xavfsiz gondol, stul va konveyer liftlari bilan ta’minlangan. Turni sotib olish yoki "dikar" sifatida tashrif buyurish mumkin. Yangi yil turlari narxi 800 dollardan 4,5 ming dollargacha.Chorvoq piramidalariChorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida uchta yirik piramida joylashgan bo‘lib, ular Tan-Shan tog‘lari darasida Pskent, Ko‘ksu va Chotqol darolari suvlaridan hosil bo‘lgan. Sayr qilish va go‘zal manzaralardan hayratlanish uchun yaxshi joy. Mehmonlarga ko‘ngilochar bayram dasturlari, bolalar va kattalar uchun mahorat darslari taqdim etiladi, shuningdek, bouling va suzish havzasi mavjud. Narx diapazoni 4 dan 17 million so‘mgacha (odamlar soni va xonalarning qulayligiga qarab).ZominZominning qorli tog‘larida dam olish nafaqat maroqli, balki salomatlik uchun foydali bo‘ladi. Bu hududdagi sanatoriylar xorijlik sayyohlar orasida ham juda mashhur ekanligi bejiz emas. Bayramona shoudan tashqari, mehmonlarni tanlovlar, animatorlar kutadi. O‘rtacha bir kishi uchun tur narxi 3 million so‘m atrofida. "Dikar" sifatida sayohat qilish imkoniyati mavjud, ammo bu holda mehmonxonani oldindan bron qilish yaxshiroq.XojikentXojikentdagi pansionat Ugom-Chotqol atrof-muhitni muhofaza qilish zonasida joylashgan bo‘lib, o‘z mehmonlari uchun ajoyib go‘zal manzaralarni ochadi. Yangi yilda musiqiy konsert, sehrli shou o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sayohat narxi 2 million so‘mdan oshmaydi.“Yangiobod” turistik bazasiChotqol qo‘riqxonasining dam olish maskani xotirjam dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Go‘zal manzaralar, toza havo, qorli tepaliklar shahar shovqinidan uzoqlashishga imkon beradi. Mehmonlar atrofda chang‘ida yoki piyoda sayr qilishlari mumkin. Bir kishi uchun yashash narxi 400 ming so‘m.“O‘zbekistonning yangi yil marvaridlari” turiTur ishtirokchilari O‘zbekistonning qadimiy shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladilar: Samarqanddagi temuriylar davri me’moriy inshootlari, Xiva shahri, Buxorodagi qadimiy madrasa va masjidlar. Yangi yilni kutib olish uchun esa bayram shou dasturi tashkil etiladi. Bir kishi uchun narx - 865 dollar.“Samarqandda yangi yil kechasi” turiYangi yilni Ipak yo‘lining qoq yuragida nishonlash uchun noyob imkoniyat. Ishtirokchilarni tajribali gid bilan Samarqand bo‘ylab sayohat, Yangi yil kechasida restoranda mazali kechki ovqat, shuningdek, yangi yilning birinchi kunida pazandachilik bo‘yicha mahorat darsi kutmoqda. Bir kishi uchun turning narxi 580 dollarni tashkil qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/12/13071235_571:0:3302:2048_1920x0_80_0_0_be742375e7bc12bc6ed56b0b9e796a67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi yil bayrami: o‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
yangi yil bayrami: o‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
Yangi yil bayrami: O‘zbekistonda dam olish uchun qayerlarga borish mumkin?
15:16 22.12.2023 (yangilandi: 15:46 22.12.2023) Yangi yil ta’tili uchun qiziqarli joylar va turlar ro‘yxati.
Yangi yilni qanday kutib olsangiz, uni shunday o‘tkazasiz, deyishadi. Ba’zilar uni uyda, oila va do‘stlar davrasida o‘tkazishni afzal ko‘rishadi. Boshqalar, aksincha, sayohat yoki tabiat qo‘ynida dam olishni tanlashadi.
Sputnik O‘zbekiston siz uchun respublikadagi bayram ta’tillarida borish, ko‘plab yoqimli taassurotlar olish mumkin bo‘lgan joylarni to‘pladi.
G‘arbiy Tan-Shanning ajoyib landshaftlari orasida Toshkentdan atigi 85 km uzoqlikda joylashgan Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti bor. U oilaviy dam olish uchun ideal maskan. Mehmonlar zamonaviy va xavfsiz gondol, stul va konveyer liftlari bilan ta’minlangan. Turni sotib olish yoki "dikar" sifatida tashrif buyurish mumkin. Yangi yil turlari narxi 800 dollardan 4,5 ming dollargacha.
Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida uchta yirik piramida joylashgan bo‘lib, ular Tan-Shan tog‘lari darasida Pskent, Ko‘ksu va Chotqol darolari suvlaridan hosil bo‘lgan. Sayr qilish va go‘zal manzaralardan hayratlanish uchun yaxshi joy. Mehmonlarga ko‘ngilochar bayram dasturlari, bolalar va kattalar uchun mahorat darslari taqdim etiladi, shuningdek, bouling va suzish havzasi mavjud. Narx diapazoni 4 dan 17 million so‘mgacha (odamlar soni va xonalarning qulayligiga qarab).
Zominning qorli tog‘larida dam olish nafaqat maroqli, balki salomatlik uchun foydali bo‘ladi. Bu hududdagi sanatoriylar xorijlik sayyohlar orasida ham juda mashhur ekanligi bejiz emas. Bayramona shoudan tashqari, mehmonlarni tanlovlar, animatorlar kutadi. O‘rtacha bir kishi uchun tur narxi 3 million so‘m atrofida. "Dikar" sifatida sayohat qilish imkoniyati mavjud, ammo bu holda mehmonxonani oldindan bron qilish yaxshiroq.
Xojikentdagi pansionat Ugom-Chotqol atrof-muhitni muhofaza qilish zonasida joylashgan bo‘lib, o‘z mehmonlari uchun ajoyib go‘zal manzaralarni ochadi. Yangi yilda musiqiy konsert, sehrli shou o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sayohat narxi 2 million so‘mdan oshmaydi.
“Yangiobod” turistik bazasi
Chotqol qo‘riqxonasining dam olish maskani xotirjam dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Go‘zal manzaralar, toza havo, qorli tepaliklar shahar shovqinidan uzoqlashishga imkon beradi. Mehmonlar atrofda chang‘ida yoki piyoda sayr qilishlari mumkin. Bir kishi uchun yashash narxi 400 ming so‘m.
“O‘zbekistonning yangi yil marvaridlari” turi
Tur ishtirokchilari O‘zbekistonning qadimiy shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladilar: Samarqanddagi temuriylar davri me’moriy inshootlari, Xiva shahri, Buxorodagi qadimiy madrasa va masjidlar. Yangi yilni kutib olish uchun esa bayram shou dasturi tashkil etiladi. Bir kishi uchun narx - 865 dollar.
“Samarqandda yangi yil kechasi” turi
Yangi yilni Ipak yo‘lining qoq yuragida nishonlash uchun noyob imkoniyat. Ishtirokchilarni tajribali gid bilan Samarqand bo‘ylab sayohat, Yangi yil kechasida restoranda mazali kechki ovqat, shuningdek, yangi yilning birinchi kunida pazandachilik bo‘yicha mahorat darsi kutmoqda. Bir kishi uchun turning narxi 580 dollarni tashkil qiladi.