O‘zbekiston suvereniteti Rossiyada hech qachon shubha ostiga olinmagan — Malginov

© Posolstvo RF v UzbekistanePosol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Prilepinning so‘zlari uning shaxsiy fikri ekanligini aytdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekistonni nafaqat ko‘p asrlik tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, balki har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ham bog‘lab turadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingan Rossiya elchisi Oleg Malginov ta’kidladi.
“Davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik deyarli barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib bormoqda. Biz Zaxar Prilepinning bayonoti faqat muallifning subyektiv fikri ekanligini ta’kidlaymiz va unda Rossiya rahbariyatining rasmiy pozitsiyasi bilan hech qanday umumiylik yo‘q”, - dedi Malginov.
U “O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi Rossiyada hech qachon shubhaga olinmagan”ligini bildirdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Prilepinning so‘zlari uning shaxsiy fikri ekanligini aytdi.
“O‘zbekiston va Rossiyani har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turadi. Rossiyaga mehnat migrantlarini, birinchi navbatda do‘st mamlakatlardan jalb qilish — bu har ikki tomonning manfaatlariga javob beradi”, - deya ta’kidladi Zaxarova.
U hozirda migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada tartibli va o‘zaro manfaatli bo‘lishiga qaratilgan normativ, tashkiliy, axborot va boshqa chora-tadbirlar ustida ish olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0