Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda uzoq muddatli ishlashdan manfaatdor — RF savdo vakili

© Sputnik / Avenir DeberdeyevZligostev Konstantin Nikolayevich
Zligostev Konstantin Nikolayevich  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
2023 yilning birinchi yarmida tomonlar 27 ta o‘zaro loyihani amalga oshirishni boshladi, ulardan 26 tasi Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qildi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining barcha yirik subyektlaridan 80 taga yaqini, ya’ni ularning aksariyati yuqori sifatli iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston bilan u yoki bu tarzda o‘zaro aloqada. Bu haqda Sputnik O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ma’lum qildi.

“Rossiyaning ko‘plab kompaniyalari O‘zbekistonda uzoq muddatli asosda ishlashdan manfaatdor, o‘z mahsulotlarini mahalliylashtirishga e’tibor qaratmoqda. Bizningcha, O‘zbekistonda buning uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. 20 tadan ortiq maxsus va eksklyuziv iqtisodiy zonalar, yuzdan ortiq kichik zonalar”, — dedi u.

Zligostevning so‘zlariga ko‘ra, turli formatdagi biznes vakillari bilan uchrashuvlarda eksport-import operatsiyalaridan sanoat kooperatsiyasiga o‘tish zarurligiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik kapital eksportchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiya Federatsiyasi 20,3 foiz ulush bilan O‘zbekistondagi eng yirik investor hisoblandi. 2023-yilning birinchi yarmida tomonlar 27 ta o‘zaro loyihani amalga oshirishni boshladi, ulardan 26 tasi Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qildi.
Yangiliklar lentasi
0