https://oz.sputniknews.uz/20231222/mirziyoev-qirgiziston-bilan-kop-qirrali-hamkorlikni-kengaytirish-muhimligini-qayd-etdi-41689003.html
Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.
2023-12-22T09:49+0500
2023-12-22T09:49+0500
2023-12-22T11:22+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
shavkat mirziyoyev
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41687590_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6f6efcdd08729679e95d319759ad26a7.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 21-dekabr kuni, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev davlat rahbariga Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot fondi ishga tushirildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.Faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41687590_41:0:1178:853_1920x0_80_0_0_9fd25aeafdba6548f3ff097ce351b3d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
mirziyoyev qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
09:49 22.12.2023 (yangilandi: 11:22 22.12.2023) O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 21-dekabr kuni, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev davlat rahbariga Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga chiqqani va sermahsul tus olganini, shu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almashinuvlar ancha faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot fondi ishga tushirildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.