Trampning saylovdagi ehtimoliy g‘alabasi Ukraina uchun falokat bo‘ladi — OAV

© AP Photo / LIBKOSUkrainskie voyennie evakuiruyut ranenogo. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie evakuiruyut ranenogo. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Obuna bo‘lish
Amerikalik siyosatchi hokimiyatga qaytsa, Ukraina AQSh yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Donald Trampning 2024-yilda AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonishi Ukraina uchun falokat bo‘ladi. Bu haqda RIA Novosti "Foreign Policy" nashriga tayanib xabar berdi.
“Trampning ikkinchi prezidentlik muddati nafaqat Amerika demokratiyasi, balki butun global dunyo tartibiga tahdid soladi va Ukraina uchun oqibati halokatli bo‘lishi mumkin”, — deyiladi materialda.
Jurnalistlar ta’kidlaganidek, agar amerikalik siyosatchi kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, hokimiyatga qaytsa, Ukrainani zudlik bilan AQSh yordamidan mahrum qilishi mumkin.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy matbuot anjumanida Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylansa, Amerika siyosati “tejamkorroq” bo‘lib, ichki muammolarga e’tibor qaratilishidan qo‘rqishini bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0