Kelasi yil Toshkentda o‘tadigan Innoprom sanoat ko‘rgazmasi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Blinov“Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi
“Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Obuna bo‘lish
“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi O‘zbekistonda 4-marotaba o‘tkaziladi. U bir platformada O‘zbekiston, Rossiya va mintaqaning boshqa mamlakatlari hukumati rahbarlarining o‘rinbosarlari, biznes birlashmalar va ishlab chiqarish kompaniyalarini birlashtiradi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Kelasi yilning 22-24 aprel kunlari Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan jurnalistlar ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Innoprom bir qator muhim muammolarni hal qilishga, xususan, sanoatdagi eng yangi texnologiyalar va ishlanmalarni ilgari surish, shuningdek, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar korxonalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga chaqirilgan.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevRossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev
Zligostev Konstantin Nikolayevich  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev
"Biz har doim “Innoprom. Markaziy Osiyo” rossiyalik hamkasblar nafaqat o‘zbekistonlik, balki an’anaviy ravishda ko‘rgazmada ishtirok etuvchi do‘st mamlakatlardagi hamkasblar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin bo‘lgan platforma ekanligini ta’kidlab kelganmiz. Bu bizning YeOIIdagi hamkorlarimiz – Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, shuningdek, Yaqin Sharq va Kavkazorti davlatlaridan”, — ta’kidladi Zligostev.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevRossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev
Zligostev Konstantin Nikolayevich  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili, shuningdek, ko‘rgazma maydoni ham, ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar soni ham yil sayin ortib borayotganini qo‘shimcha qildi.
Shu tariqa, joriy yilda uchinchi marta o‘tkazilgan Innoprom ko‘rgazmasida 35 mamlakatdan 10 mingdan ortiq biznes vakillari va 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda 12 mamlakatdan 2,5 ming ishtirokchi qatnashgan.
"Ishonchim komilki, “Innoprom. Markaziy Osiyo” O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hayotidagi asosiy sanoat voqealaridan biridir”, — deya qo‘shimcha qildi Zligostev.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda shu yilning 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etdi. Birinchi Innoprom O‘zbekistonda 2021-yilda bo‘lib o‘tgan.
Denis Manturov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Innoprom — 2023
“INNOPROM”ga bo‘lgan talab faqat o‘sib boradi – Manturov
Yangiliklar lentasi
0