Su-25 Ukraina qurolli kuchlarining Donesk yo‘nalishidagi punktlariga zarba berdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishAviatsionniy prazdnik v chest Dnya Pobedi
Aviatsionniy prazdnik v chest Dnya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyotlari Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining punktlariga zarba berdi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyotlari Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining punktlariga zarba berdi. Samolyotning jangovar harakati aks etgan video Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Su-25 samolyotidagi hujumchi aviatsiya ekipajlari Donesk yo‘nalishida dushman punktlari va ishchi kuchiga boshqarilmaydigan raketalar bilan hujum uyushtirdi”, — deyiladi xabarda.
Samolyot qurollaridan foydalangandan so‘ng ekipajlar raketaga qarshi manyovrni amalga oshirgan.

"Biz kuchli nuqtani va dushman shaxsiy tarkibini yo‘q qilish bo‘yicha jangovar topshiriq oldik. Biz oldinga o‘tdik, mo‘ljal olgan hududga kirdik, nishonlarni a’lo darajada urdik ", — dedi uchuvchi.

Natijada dushmanning niqoblangan mustahkamlangan dala pozitsiyalari va tirik kuchi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0