https://oz.sputniknews.uz/20231221/ozbekiston-qirgiziston-tashqi-ishlar-vazirlari-muzokaralar-41686254.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi.
2023-12-21T18:00+0500
2023-12-21T18:00+0500
2023-12-21T18:10+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
o‘zbekiston tiv
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41685299_0:96:1200:771_1920x0_80_0_0_6eb59b20d55101bb51c444645c7f114b.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi xabar berdi. Poytaxtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ishtirok etdi.Qayd etilishicha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil bo‘ldi. Tomonlar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini yuqori darajada saqlab qolish muhimligini ta’kidlashdi.Vazirlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakatning muhim global tashabbuslari va takliflarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan amaliyotni yuqori baholashdi.Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va aholi farovonligi darajasini saqlab qolishga qaratilgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.Shuningdek, muzokaralar chog‘ida transport-logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.Muzokaralar natijasida vazirlar tegishli Bayonnomani imzolashdi.Uning qayd etishicha, ushbu hujjat yaqin hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41685299_22:0:1178:867_1920x0_80_0_0_022477885669e45c51f18390dc6d6fd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi siyosiy maslahatlashuvlar
o‘zbekiston qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi siyosiy maslahatlashuvlar
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi
18:00 21.12.2023 (yangilandi: 18:10 21.12.2023) Poytaxtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi
xabar berdi. Poytaxtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil bo‘ldi. Tomonlar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini yuqori darajada saqlab qolish muhimligini ta’kidlashdi.
Vazirlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakatning muhim global tashabbuslari va takliflarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan amaliyotni yuqori baholashdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va aholi farovonligi darajasini saqlab qolishga qaratilgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida transport-logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida vazirlar tegishli Bayonnomani imzolashdi.
“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan samarali muzokaralardan so‘ng vazirliklarimiz o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha Bayonnomani imzoladik. Hujjatda o‘zaro munosabatlarimizning ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi yilda erishiladigan aniq maqsadlar belgilab olingan”, – deb yozadi vazir Baxtiyor saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Uning qayd etishicha, ushbu hujjat yaqin hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.