https://oz.sputniknews.uz/20231221/ozbekiston-mdh-maslahat-kengash-belarus-rossiya-saylov-41669047.html
O‘zbekiston Belarus va Rossiyadagi saylovlarni kuzatishi kutilmoqda
O‘zbekiston Belarus va Rossiyadagi saylovlarni kuzatishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining Reglamenti tasdiqlandi.
2023-12-21T09:35+0500
2023-12-21T09:35+0500
2024-03-14T15:48+0500
siyosat
o‘zbekiston
mdh
saylovlar
rossiya
belarus
msk
rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33920427_0:86:1616:995_1920x0_80_0_0_b88e6a0083ef2aa1718c0a31bfd50fe2.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelasi yil Belarus va Rossiyada o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishida ma’lum qilindi.O‘zbekiston raisligida MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya saylov organlari rahbarlari ishtirok etdi.MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, Kengash saylov tizimi va qonunlarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat yaratmoqda.Yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining reglamenti tasdiqlandi.Hujjat besh bo‘limdan iborat. U kengashning ish tartibi, uning majlislarini tashkil etish va o‘tkazish, kengash ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, qarorlarning ijrosini ta’minlash tartibini belgilaydi.Kun tartibiga yoshlarni saylov jarayonlariga jalb etish masalasi ham kiritildi.Qayd etilishicha, kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20231207/rossiyada-prezidentlik-saylovi-otkaziladigan-sana-belgilandi-41445845.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33920427_132:40:1493:1061_1920x0_80_0_0_d2c34ac70ac4804c2437f410ee95a961.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh saylov organlari rahbarlari maslahatlashuv kengashi reglament msk o‘zbekiston
mdh saylov organlari rahbarlari maslahatlashuv kengashi reglament msk o‘zbekiston
O‘zbekiston Belarus va Rossiyadagi saylovlarni kuzatishi kutilmoqda
09:35 21.12.2023 (yangilandi: 15:48 14.03.2024) MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining Reglamenti tasdiqlandi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelasi yil Belarus va Rossiyada o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishida
ma’lum qilindi. O‘zbekiston raisligida MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya saylov organlari rahbarlari ishtirok etdi.
MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, Kengash saylov tizimi va qonunlarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat yaratmoqda.
“Murakkab davrda sayyoramizning ko‘plab davlatlari fuqarolarining nigohi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga qaratildi, u birgalikdagi faoliyatning barcha yo‘nalishlarini osoyishta va tizimli ravishda takomillashtirmoqda, mavjud muammolarni, jumladan, saylov tizimini hal etishning yangi yo‘llarini ochib bermoqda”, — dedi Ilhom Ne’matov.
Yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining reglamenti tasdiqlandi.
Hujjat besh bo‘limdan iborat. U kengashning ish tartibi, uning majlislarini tashkil etish va o‘tkazish, kengash ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, qarorlarning ijrosini ta’minlash tartibini belgilaydi.
“2024 yil 25-fevralda bo‘lib o‘tadigan Belarus respublikasi Milliy Assambleyasi Vakillar palatasining deputatlari saylovi hamda 17-martda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovini monitoring qilishda kengash a’zolarining ishtiroki muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Kun tartibiga yoshlarni saylov jarayonlariga jalb etish masalasi ham kiritildi.
Qayd etilishicha, kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkaziladi.