https://oz.sputniknews.uz/20231220/ukraina-xorijiy-razvedka-terror-41649534.html
Ukraina xorijiy razvedka xizmatlari ko‘magida terror yo‘liga o‘tdi — Putin
Ukraina xorijiy razvedka xizmatlari ko‘magida terror yo‘liga o‘tdi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Putin: Kiyev xorijiy razvedka xizmatlari ko‘magida ochiqdan-ochiq terror yo‘liga o‘tdi.
2023-12-20T10:16+0500
2023-12-20T10:16+0500
2023-12-20T10:45+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
vladimir putin
terrorchilar
terror
kiyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40510702_0:0:3101:1745_1920x0_80_0_0_8a0a8315cf8fb1f28e3417aab5aaa9da.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kiyev xorijiy razvedka xizmatlarining bevosita ko‘magi bilan ochiqdan-ochiq davlat terrorizmi yo‘liga o‘tdi, u fuqarolik obyektlariga, transport va energetika infratuzilmasiga qarshi sabotaj, tinch aholi va jamoat arboblariga qarshi terrorchilik hujumlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Davlat rahbari keng ko‘lamli texnik va tezkor imkoniyatlardan foydalangan holda, barcha sohalarda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi.Xorijiy razvedka xizmatlarining Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikka putur yetkazishga urinishlariga qat’iy chek qo‘yish kerak, dedi Putin.Uning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik idoralarida mamlakat va uning fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40510702_180:0:2909:2047_1920x0_80_0_0_ecd329ee8bdc8c75cb16acf5189fbde4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin kiyev xorijiy razvedka xizmatlari terror yo‘li
putin kiyev xorijiy razvedka xizmatlari terror yo‘li
Ukraina xorijiy razvedka xizmatlari ko‘magida terror yo‘liga o‘tdi — Putin
10:16 20.12.2023 (yangilandi: 10:45 20.12.2023) Putin: Kiyev xorijiy razvedka xizmatlari ko‘magida ochiqdan-ochiq terror yo‘liga o‘tdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kiyev xorijiy razvedka xizmatlarining bevosita ko‘magi bilan ochiqdan-ochiq davlat terrorizmi yo‘liga o‘tdi, u fuqarolik obyektlariga, transport va energetika infratuzilmasiga qarshi sabotaj, tinch aholi va jamoat arboblariga qarshi terrorchilik hujumlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Biz bilamizki, Kiyev rejimi xorijiy razvedka xizmatlarining bevosita ko‘magida ochiqdan-ochiq terrorchilik usullari, aslida davlat terrorizmi yo‘liga o‘tgan. Bular fuqarolik obyektlariga, transport va energetika infratuzilmasiga qarshi sabotaj, tinch aholiga, hukumat amaldorlariga va jamoat arboblariga qarshi terrorchilik xurujlaridir”, — dedi u Rossiya xavfsizlik idoralari kuni munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida.
Davlat rahbari keng ko‘lamli texnik va tezkor imkoniyatlardan foydalangan holda, barcha sohalarda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi.
Xorijiy razvedka xizmatlarining Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikka putur yetkazishga urinishlariga qat’iy chek qo‘yish kerak, dedi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik idoralarida mamlakat va uning fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.