Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muloqot boshlanishi “tasalli mukofoti”dir — Zaxarova

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova, arxivnoe foto
Mariya Zaxarova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muloqot boshlanishini tasalli mukofoti deb atadi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi qarori Kiyev uchun 50 milliard yevrolik yordam evaziga “tasalli mukofoti”dir. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskvadagi brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Yevropa Ittifoqining 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sammitida Ukraina va Moldova bilan YeIning bo‘lajak a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qilindi.
“Bu qadam Zelenskiy rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard yevro ajrata olmagan Brusselning tasalli mukofotidan boshqa narsa emas”, — dedi u brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga Kiyev jalb qilinmayapti, balki “Yevropa Ittifoqi natsistlar Kiyev rejimi darajasiga cho‘kmoqda”.
Yangiliklar lentasi
0