https://oz.sputniknews.uz/20231220/koronavirus-41649746.html
Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda — uni yuqtirmaslik choralari
Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda — uni yuqtirmaslik choralari
Sputnik O‘zbekiston
Virus hamon odamlar hayoti va salomatligiga xavf solib turibdi.
2023-12-20T12:15+0500
2023-12-20T12:15+0500
2023-12-20T12:15+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
virus
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jsst
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22529376_0:87:3045:1800_1920x0_80_0_0_ec3d41e2d5ca0f2a92201767ddd43d00.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.COVID-19 ning ilk o‘choqlari aniqlanganidan buyon to‘rt yil vaqt o‘tdi. Ammo virus hamon odamlar hayoti va salomatligiga xavf solib turibdi.JSSTning Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovichning ta’kidlashicha, o‘tgan davrda koronavirus insoniyatga moslashdi va mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.Ayni paytda shifoxonaga yotqizish holatlari bo‘yicha JSSTga ma’lumot taqdim etib borayotgan mamlakatlarning qariyb yarmida kasallikning o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Finlyandiya, Slovakiya va Italiya shular jumlasidan.Ekspert mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aholi gavjum joylarda tibbiy niqob taqish zaruriy profilaktika chorasi ekanligini ta’kidladi.Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami — keksalar, qandli diabet va yurak-qon tomir xastaliklari bor bemorlar, immuniteti zaif kishilar va homilador ayollar amal qilishlari kerak.Eslatib o‘tamiz, hozir Yer yuzida qayd etilayotgan barcha shtammlar "omikron" mutatsiyalaridir. Xususan, "Eris" deb nomlangan EG.5 varianti sayyoramiz bo‘ylab tarqalgan SARS-CoV-2 versiyalarining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ba’zi mamlakatlarda HV.1, "Kraken", JN.1 hamda VA.2.86 mutatsiyalari dominant variantlarga aylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22529376_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_6ed63f32f48279c8c58974a97233f3dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
koronavirus mutatsiya ssv jsst jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rossiyadagi rasmiy vakili melita vuynovich
koronavirus mutatsiya ssv jsst jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rossiyadagi rasmiy vakili melita vuynovich
Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda — uni yuqtirmaslik choralari
Virus hamon odamlar hayoti va salomatligiga xavf solib turibdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi, deb yozmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi. COVID-19 ning ilk o‘choqlari aniqlanganidan buyon to‘rt yil vaqt o‘tdi. Ammo virus hamon odamlar hayoti va salomatligiga xavf solib turibdi.
JSSTning Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovichning ta’kidlashicha, o‘tgan davrda koronavirus insoniyatga moslashdi va mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.
“Qish mavsumi kelishi bilan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida COVID-19 bilan birga nafas yo‘llarining boshqa patogenlari ham ko‘p uchramoqda. Ushbu infeksiya hamon og‘ir holatlar va bemorlar o‘limiga sabab bo‘layotgani achinarlidir”, — deydi mutaxassis.
Ayni paytda shifoxonaga yotqizish holatlari bo‘yicha JSSTga ma’lumot taqdim etib borayotgan mamlakatlarning qariyb yarmida kasallikning o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Finlyandiya, Slovakiya va Italiya shular jumlasidan.
Ekspert mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aholi gavjum joylarda tibbiy niqob taqish zaruriy profilaktika chorasi ekanligini ta’kidladi.
Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami — keksalar, qandli diabet va yurak-qon tomir xastaliklari bor bemorlar, immuniteti zaif kishilar va homilador ayollar amal qilishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, hozir Yer yuzida qayd etilayotgan barcha shtammlar "omikron" mutatsiyalaridir. Xususan, "Eris" deb nomlangan EG.5 varianti sayyoramiz bo‘ylab tarqalgan SARS-CoV-2 versiyalarining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ba’zi mamlakatlarda HV.1, "Kraken", JN.1 hamda VA.2.86 mutatsiyalari dominant variantlarga aylangan.