Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi — qurbonlar bor

© AFP 2023 / STRPosledstviya zemletraseniya v provinsii Gansu na severo-zapade Kitaya, 19-dekabrya 2023 goda.
Posledstviya zemletraseniya v provinsii Gansu na severo-zapade Kitaya, 19-dekabrya 2023 goda.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
CCTV: Xitoyda zilzila qurbonlari soni 118 kishiga yetdi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Xitoyda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib xabar berdi.
Dushanba kuni tunda Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasi Linsya Xuey avtonom prefekturasi, Szishishan-Baoan-Dunsan-Salar avtonom okrugida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Xitoy shimoli-g‘arbidagi zilzila qurbonlari soni 118 kishiga yetdi.

“Sinxayda 13 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi jarohatlandi, 20 kishi bedarak yo‘qoldi, shuningdek, ba’zi suv, elektr, transport, aloqa va boshqa infratuzilma obyektlari zarar ko‘rdi. Gansu provinsiyasi... zilzila oqibatida u yerda 105 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi”, — deyiladi televidenie xabarida.

Seshanba kuni ertalab Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikkinchi darajali zilzilaga javob berish rejimini joriy qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila sodir bo‘lgan hududga 1440 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0