Sputnik matbuot markazi: nega rossiyalik investorlar O‘zbekistonga qiziqmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSputnik O‘zbekiston tahririyati
Sputnik O‘zbekiston tahririyati  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 21-dekabr kuni soat 15.00 da Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
© SputnikZligostev Konstantin Nikolayevich
Zligostev Konstantin Nikolayevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Zligostev Konstantin Nikolayevich
Savdo vakili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2023-yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy munosabatlar yakunlari haqida gapiradi, shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar bilan o‘rtoqlashadi.
Bundan tashqari, Konstantin Zligostev quyidagi savollarga javob beradi: nima uchun O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda va investitsiyalar uchun qanday yangi sohalar yaratilishi mumkin, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash nima hisobiga 20 milliard dollarga yetishi mumkin, keyingi INNOPROMGA qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda va u qanday bo‘ladi.
Ishtirok etishdan manfaatdor OAV vakillari +99890 984 984 9, (Toshkentdagi Sputnik matbuot markazi produseri Ramiz Baxtiyarov, @RamizBaxtiyarov) raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0