Rossiya va O‘zbekiston standartlashtirish va metrologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

© Unsplash/Greg RosenkeMetrologicheskie izmereniya visokotochnim zondom. Illyustrativnoe foto
Metrologicheskie izmereniya visokotochnim zondom. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
O'zTTSA va Rosstandart o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston standartlashtirish va metrologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Moskvada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 24-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari – Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirok etishdi.
Tomonlar standartlashtirish va metrologiya sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekiston tomonidan sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash uchun sinov uskunalarining tavsiya etilgan ro‘yxatlari shakllantirildi. Natijada, YeOIIning 15 ta texnik reglamenti talablariga muvofiqligini baholash mumkin bo‘ladi.
Manturov MDHning Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining Minskdagi yig‘ilishlari doirasida Rosstandart rahbari Anton Shalayev boshchiligidagi delegatsiyasi va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Unda “Innovatsion metrologiya kompleksini yaratish” loyihasini amalga oshirish muhokama etildi.
Ushbu loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
sinov laboratoriyalarini modernizatsiya va qayta jihozlash;
o‘quv tadbirlarini o‘tkazish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati.

"Yig‘ilishda "O'zTTSA" va "Rosstandart" o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi", - deyiladi xabarda.

Dastur 2023-2025 yillarda standartlashtirish, metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, nazorat va kuzatuv, muvofiqlikni baholash, ta’lim va fan kabi sohalarida 30 dan ortiq qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarlarni qamrab oladi.
Yangiliklar lentasi
0