Rossiya maxsus operatsiya maqsadlaridan voz kechmaydi — Putin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii Minoboroni RF.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii Minoboroni RF.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin: G‘arb Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda davom etmoqda.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya maxsus operatsiya maqsadlaridan voz kechmoqchi emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
“G‘arb Rossiyani cheklash strategiyasidan va Ukrainadagi agressiv maqsadlaridan voz kechmayapti. Ammo biz maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish bo‘yicha o‘z maqsadlarimizdan voz kechmoqchi emasmiz”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda davom etmoqda.
“Bu yilgi voqealar G‘arb Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda davom etayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Kiyev rejimini real vaqt davomida razvedka ma’lumotlari bilan faol ravishda ta’minlaydi, harbiy maslahatchilarni yuboradi, zamonaviy qurol tizimlarini uzatadi”, — dedi u.
U yetkazib berilayotgan qurollar qatoriga yuqori darajada harakatlanuvchi ko‘p uchuvchi raketa tizimlari, uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlari, kassetali o‘q-dorilar, shuningdek, ko‘plab yangi uchuvchisiz uchish apparatlarini sanab o‘tdi.
Prezident, shuningdek, F-16 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotini Ukrainaga topshirish reja qilinayotgani, G‘arbda esa uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Putinning aytishicha, NATOning tajovuzkor tabiati endi yashirin emas, AQSh hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri global ustunlik haqidagi da’volar mustahkamlangan.

"Blokning tajovuzkor tabiati endi mudofaa tuzilmalari orqasida yashirinmaydi ... AQSh doktrinal hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri global ustunlikka da’volarni mustahkamlaydi”, — deya qayd etdi u.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada 2023-yilda qo‘shinlarni zirhli texnika bilan ta’minlash uch barobarga oshdi.
"Joriy yilda harbiy-sanoat majmuasi mehnati tufayli zirhli texnika yetkazib berish hajmi 3 barobar, avtomobil yetkazib berish hajmi 4,5 barobar oshdi. Umuman olganda, sotib olingan asosiy turdagi qurollar soni 2,7 baravarga, ayniqsa talabga ega bo‘lganlar soni 7 baravarga oshdi”, — dedi Rossiya yetkachisi.
G‘arb harbiy texnikasining daxlsizligi haqidagi afsona barbod bo‘ldi, dedi Rossiya prezidenti.
“Aytgancha, G‘arb harbiy texnikasining daxlsizligi haqidagi afsona ham barbod bo‘ldi”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori aniqlikdagi snaradlar va dronlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, havo hujumidan mudofaa ishlarini yaxshilash zarur.
“So‘nggi paytlarda umuman NATO harbiy blokining faolligi keskin oshdi. Chegaralarimizga AQShning muhim kuchlari, jumladan, aviatexnika joylashtirildi, Sharqiy va Markaziy Yevropada ittifoq qo‘shinlari soni ko‘paydi”,— deya qo‘shimcha qildi u.
Putinning aytishicha, NATO sharqqa "bir duym ham" kengaymasliklarini aytdi - ular uyalmasdan va har qadamda yolg‘on gapirishadi.

“Finlyandiya, biz bilganimizdek, allaqachon NATOga jalb qilingan, Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi rejalashtirilgan, aslida bu alyansning chegaralarimizga yaqinlashishining keyingi bosqichini anglatadi. Biz hammamiz yaxshi bilamizki, 1991-yilda ular (Mixail) Gorbachovga: "Yo‘q, yo‘q, sharqqa bir duym ham kengaymaymiz", deb va’da berishgan. Mana, marhamat, hamkorlar mana shunaqa. Ular har qadamda uyalmay yolg‘on gapirishadi”, — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0