Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putinning maxsus harbiy operatsiyaning sabablari haqida gapirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii Minoboroni RF.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii Minoboroni RF.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya Mudofaa qo‘mitasining yillik hisobotiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa qo‘mitasi majlisida maxsus harbiy operatsiyadan oldin sodir bo‘lgan voqealarga to‘xtalib o‘tdi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng AQSh sobiq Ittifoq hududida ayirmachilik, dushmanlik urug‘larini sepib chiqdi va ularni yaxshilab parvarish qildi. Maqsad Rossiyani parchalar va postsovet respublialari orasida dushmanlik keltirib chiqarish edi.
Neonatsizm g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan bunday urug‘lar ayniqsa Ukrainada yaxshi “hosil berdi”. Bunda Ulug‘ Vatan urushi vaqtida Gitlerga xizmat qilib so‘ngra okean ortiga qochib ketgan sotqinlar avlodlari alohida hissa qo‘shdi.
Ular Ukrainada siyosiy yo‘l bilan hokimiyatni egallab olishga harchand urinmasin buni uddalay olishmadi va 2014-yilda barcha qonunlarga zid ravishda davlat to‘ntarishi amalga oshirishdi.
Rossiya bunga chidab turmadi va Qrim xalqiga himoyaga keldi. Keyinchalik esa DXR va LXRga yordam qo‘lini cho‘zdi, chunki bu yerlar azaliy Rossiyaniki bo‘lgan va u yerda rus tilida so‘zlashadigan rus odamlari yashaydi.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Ukrainaga Polshaning bir qismi qo‘shib berilgan edi. Evaziga Polsha Germaniya yerlarini olgan. Hozir bo‘lsa ular bu yerlarni qaytarishni juda istamoqda. Agar o‘sha yerdagi odamlar buni istashsa — mayli ketaverishsin. Tarix barchasiga o‘z nuqtasini qo‘yadi. Lekin Rossiya o‘z yerlarining bir qarichini ham bermaydi. Buni hamma bilib olishi kerak.
Bizga o‘z manfaatlarimizni himoya qilish uchun kuchli armiya kerak. Armiyaning mushaklari esa bu iqtisodiyot va sanoat.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0