https://oz.sputniknews.uz/20231219/ozbekiston-yangi-gaz-zaxiralari-aniqlandi-41623161.html
O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi
O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi,
2023-12-19T11:23+0500
2023-12-19T11:23+0500
2023-12-19T11:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston
gaz
shavkat mirziyoyev
investitsiya
korxona
o‘zbekneftgaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39778626_47:169:1280:862_1920x0_80_0_0_0da5bfd25dc274495c4249ac1e32ff15.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, shu yilning noyabr oyida prezident “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lganida istiqbolli geologiya maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘ygan edi. Yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha axborot berdi.Qayd etilganidek, bu ishlar ikki yo‘nalishda – ham mavjud konlarda gaz qazib olish hajmini saqlab qolish, ham yangi zaxiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilmoqda.Shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinib, ko‘plab istiqbolli quduqlarni ishga tushirish imkoni topildi. Kelgusi yilda 3,5 ming kvadrat kilometr maydonda seysmik ishlar olib borish hamda yangi qidiruv quduqlari qurish rejalashtirilgan.Yig‘ilishda buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, tarmoq korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 6-7 kilometr chuqurlikda geologik burg‘ulashga o‘tish masalalari muhokama qilindi.Aytilishicha, energiya manbalarini izchil yetkazib berish, shu bilan birga, hududlar va yirik korxonalar kesimida to‘lov intizomini ta’minlash muhim.
https://oz.sputniknews.uz/20231203/ozbekiston-neft-zahiralari-qazib-olish-41368500.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39778626_203:118:1261:911_1920x0_80_0_0_66f98469149dfcd53e48d37a9bbcdbd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
geologiya-qidiruv ishlari yangi gaz zaxiralari o‘zbekiston
geologiya-qidiruv ishlari yangi gaz zaxiralari o‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi
Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi,
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, shu yilning noyabr oyida prezident “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lganida istiqbolli geologiya maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘ygan edi. Yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha axborot berdi.
Qayd etilganidek, bu ishlar ikki yo‘nalishda – ham mavjud konlarda gaz qazib olish hajmini saqlab qolish, ham yangi zaxiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilmoqda.
“Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinib, ko‘plab istiqbolli quduqlarni ishga tushirish imkoni topildi. Kelgusi yilda 3,5 ming kvadrat kilometr maydonda seysmik ishlar olib borish hamda yangi qidiruv quduqlari qurish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, tarmoq korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 6-7 kilometr chuqurlikda geologik burg‘ulashga o‘tish masalalari muhokama qilindi.
Aytilishicha, energiya manbalarini izchil yetkazib berish, shu bilan birga, hududlar va yirik korxonalar kesimida to‘lov intizomini ta’minlash muhim.