O‘zbekiston va Rossiya ortopedlari tajriba almashishga kelishib olishdi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniyaOrtopedi iz Rossii i Uzbekistana dogovorilis o sotrudnichestve
Ortopedi iz Rossii i Uzbekistana dogovorilis o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2023
Obuna bo‘lish
Moskvada “Priorov o‘qishlari” Butunrossiya X ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya ortopedlari robototexnikadan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olishdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Moskvada “Priorov o‘qishlari” Butunrossiya X ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 10 tadan ziyod davlatdan delegatlar, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh soha mutaxassislari ham o‘nga yaqin ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

“N.Priorov nomidagi travmatologiya va ortopediya milliy tibbiy tadqiqot markazi bilan yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlashda robot texnologiyasi, umurtqa pog‘onasi kasalliklarida perkutan endoskopik amaliyotlari bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deyilgan xabarda.

O‘zbekistonlik vakillar quyidagi mavzularda chiqish qilishdi:
“COVID-19 asorati bo‘lgan son suyagi boshchasining aseptik nekrozi diagnostikasi va davolash usullari;
“Chanoq-son bo‘g‘imi og‘ir displaziyasida endoprotezlash”;
“Qariyalarda son suyagining proksimal siniqlarida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash tajribasi”;
"Tizza bo‘g‘imining og‘ir holatlarida endoprotezlash”.
“Hamdo‘stlik davlatlari travmatologiya va ortopediya markazlari direktorlari ishtirokidagi davra suhbatida yurtimizda bu sohada yo‘lga qo‘yilgan innovatsion diagnostika hamda muolaja usullariga yuqori baho berildi”, — deyiladi xabarda.
Tojikiston vakillari o‘z mamlakatida o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan “Ponseti maktabi” o‘quv kursi samaradorligini alohida e’tirof etishdi. Bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasida ultratovush diagnostikasi mahorat darslarini o‘tkazish taklifi bildirildi.
Qayd etilishicha, Rossiya mutaxassislari xalqaro hamkorlik borasida O‘zbekiston tajribasi ommalashtirishga loyiq degan fikr bildirishgan.
Yangiliklar lentasi
0