O‘zbekiston va Qatar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqadi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib olishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuvda yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini, shu jumladan “yashil” energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, bank-moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm sohalarida ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
“Transport va logistika borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xususan, Qatar tomoni Transafg‘on temir yo‘lini barpo etish loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi xabarda.
2024 yilda Doha shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlik kengashining birinchi yig‘ilishlarini, ikki mamlakat biznes forumini tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar kelgusi yilda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish masalalarini ham muhokama qilishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazishdi.
“Erishilgan kelishuvlar o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston va Qatar yetakchilari ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Muvofiqlashtirish kengashini tuzish lozimligini ta’kidladilar”, — deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda BMT shafeligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.