Toshkentda Qatar Amirining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mukofoti topshiriladi

© Sputnik / Press-slujba prezidenta Kazaxstana / Mediabankka o‘tishEmir Katara, sheyx Tamim ben Xamad Al Tani, arxivnoe foto
Emir Katara, sheyx Tamim ben Xamad Al Tani, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ilk marotaba Qatar Amiri tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qiladi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda Qatar Amirining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mukofoti topshiriladi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston ilk marotaba Qatar Amiri Shayx Tamim Ol Soniy tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qiladi.
"Mazkur nufuzli marosimda bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va boshqa oliy martabali mehmonlar, dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan yetakchi ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 2016-yildan buyon 5 nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topilgan 51 nafar mukofot sohiblari tashrif buyuradi.
Dunyo miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashga katta hissa qo‘shib kelayotgan olimlar va tadqiqotchilar, jurnalistlar, innovatorlar va faol tashkilotlar orasidan bu yilning eng munosiblari 19-dekabr kuni Toshkentda taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentda Qatar amiri tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar uchun ta’sis etilgan global mukofotning tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0